“Mashal”ning navbatdagi ikki o'rtoqlik o'yini
25 fev 2014 16:59
Yangiliklar

“Mashal”ning navbatdagi ikki o'rtoqlik o'yini
Qisqa muddatli tatildan so'ng “Mashal” jamoasi azolari yana Yangierda jam bo'lishdi.
Jamoadagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, hujumchi Viktor Klishin klub lagerini tark etdi va “SHo'rtan” yig'iniga borib qo'shildi. SHuningdek, kongolik legioner Okano Stasi Burnelga ham murabbiylar javob berishi kutilmoqda.
Aleksandr Xomyakov shogirdlari shu hafta ichida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. “Mashal” dastlab Toshkentda 27 fevral kuni “Andijon” bilan bellashsa, keyin 1 mart kuni Yangierda “Nasaf”ga qarshi to'p suradi.
“Andijon” bilan kechadigan o'yin “Bunyodkor” o'rinbosarlari to'p suradigan maydonda bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti – 15:00. Yangierdagi bahs esa soat 12:00da boshlanadi.

Fikrlar