"Mashal"ning ikkinchi bosqich yig'ini boshlandi
22 iyu 2015 15:25
Yangiliklar


"Mashal"ning ikkinchi bosqich yig'ini boshlandi
"Mashal" davralar oralig'ida tashkil etilgan ikkinchi yig'inini boshlagan.
20 iyulgacha qisqa tatilda bo'lgan futbolchilarimiz shu kundan boshlab yozgi yig'inning ikkinchi bosqichini boshladi. Bu yig'in davomida futbolchilarimiz asosan nazorat uchrashuvlari va amaliyotga etibor qaratadi. Ikkita nazorat uchrashuvida yig'inda qatnashayotgan barcha futbolchilar maydonga tushadi.
Bo'lib o'tayotgan ikkinchi bosqich tayyorgarligida ham bir necha yangi futbolchilar ko'rikda bo'ladi va murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolanadi. Bu haqida rasmiy hujjatlar hal bo'lgandan so'ng xabar beramiz.
Aytib o'tish kerakki , birinchi davra yakunida jarohati tufayli safdan chiqqan barcha futbolchilarimiz mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar