

Uchrashuvning 16 daqiqasida Sirojiddin Rahmatullaevni qanotdan oshirib bergan pasidan so'ng Jasur Boboev boshi bilan to'pni darvozani yuqori burchagiga joylab qo'ydi. 25 daqiqada Jamshid Xasanov birga-bir vaziyatda to'pni darvozabonga oldirib qo'ydi. Kichik tashabbusga ega bo'lgan maydon egalari boshqa to'p kiritishni uddalay olmadi.
Ikkinchi bo'lim mehmonlarning katta tashabbusi bilan o'tib, hujum chizig'ida Shohnazar Norbekov va Zohid Abdullaev juda ham yorqin o'yin ko'rsatdi. 68 daqiqa chap qanotdan kuchli zarba bilan Zohid Abdullaev to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Shundan so'ng bosimni to'xtatmagan mehmonlar 79 daqiqada himoyachi va darvozabon o'rtasidagi tushunmovchilikdan so'ng yana bir bor Abdullaev osonlik bilan ikkinchi to'pini ham kiritdi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va yoshlarimiz mavsumdagi uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Ayni vaqtda yoshlarimiz ochkolari soni 31 taligicha qoldi va turnir jadvalida to'rtinchi pog'onada qoldi.
Yoshlarimiz keyingi uchrashuvni safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi.
Yoshlar ligasi, 18-tur.
Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod) – 1:2. 169 tomoshabin.
Hakamlar: R. Lutfulin (Toshkent) – 8,4, F. Usmonov – 8,0, Z. Eliboev – 8,0,
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Gollar: J. Boboev (16) – Z. Abdullaev (68, 79).
Ogohlantirishlar: G'. Komilov (33) – SH. Norbekov (53), YU. Ochildiev (70).
Mashal: 35.Javohir Ilyosov (c), 15.Iskandar Shoyqulov, 16.Xolmurod Xolmurodov (32. Jonibek Mirzaqulov 46), 27.Sirojiddin Rahmatullaev (4. Yunus Ochildiev 60, 47. Temur Miftaxitdinov 80), 28.Maradona Safarov, 29.Sardor Abduraimov, 36.Abdullo Nabiev, 43.Sirojiddin Allaev (44. Muhammadali Aliqulov 70), 45.G'iyos Komilov, 46.Jasur Boboev (39. Najmiddin Quvonchiev 65), 48.Jamshid Hasanov (40. Aziz Fayziev 46).



