

Futbolchilarimiz ortda qolgan mag'lubiyatni unutgan holda, qizg'in tayyorgarlikka kirishdi. Bugundan Muborakda yig'ilgan jamoamiz a'zolari mashg'ulotlar olib bormoqda. Kelayotgan turni "Mashal" o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona"siga qarshi o'tkazadi. 18 sentyabr kuni bo'ladigan uchrashuv jamoamiz uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga munosib tayyorgarlik bo'ladi.



