"Mashal": Saidov va Xomyakov jamoalari uchrashuvi oldidan
21 sen 2015 22:35
Yangiliklar


"Mashal": Saidov va Xomyakov jamoalari uchrashuvi oldidan
Bu tur "Mashal" uchun ham, "Buxoro" uchun ham juda qiziqarli va muhim o'yin bo'ladi.
Oliy ligada qolishga astoydil kurashayotgan Jamshid Saidov
boshchiligidagi jamoa , oxirgi uchrashuvlarda ochkolarni boy berayotgan
Aleksandr Xomyakov jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi. Uzoq muddat "Mashal"da
birga faoliyat olib borgan bu ikki murabbiy birinchi marta raqib sifatida
to'qnash keladi.
25 centyabr kuni "Buxoro"dagi bahsni Murod
Muhamedov boshchiligidagi hakamlar guruh boshqarib boradi. Bu o'yinni
boshlanish vaqtlari ham malum bo'lgan. Unga ko'ra juma kuni bo'ladigan
asosiy tarkib jamoalar o'yini 18:00 da start oladi. Bir kun oldin yoshlar
ligasi bahsi esa 16:00 da boshlanadigan bo'ldi. Bu ikki o'yinda ham
vakillarimiz ko'k libosda maydonga chiqadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar