“Mashal”: Qo'ziboev va Murtazoev shartnomani uzaytirishdi
02 dek 2013 16:28
Yangiliklar

“Mashal”: Qo'ziboev va Murtazoev shartnomani uzaytirishdi
Kelasi yil oliy ligada ishtirok etadigan “Mashal” o'z tarkibini mustahkamlashda davom etmoqda.
Joriy mavsum birinchi ligada to'purarlik mahoratini namoyish etgan hujumchimiz Zohir Qo'ziboev “Mashal” bilan tuzgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Kasbilik hujumchi bu mavsum “gazchilar” safida birinchi liga bahslarida 20ta gol urishning uddasidan chiqdi. U birinchi bosqichda 8ta, ikkinchi bosqichda 12ta gol urishning uddasidan chiqdi.
SHuningdek, kasbilik yana bir futbolchi Bahodir Murtazoev ham “Mashal” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Murtazoev yakuniga etgan birinchi liga bahslarida 8 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. U birinchi bosqichda 5ta, ikkinchi bosqichda 3 marta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar