So’nggi yangiliklar

14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  2 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  7 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  11 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  5 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  1 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  3 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  3

"Mashal": O'zbekning Mirjaloli bor! Yangiliklar

"Mashal": O'zbekning Mirjaloli bor!

Bugun o'zbek futbolining tirik afsonasi Mirjalol Qo'shoqovich 45 yoshni qarshi olmoqda.

Bu insonni nafaqat futbolga ixlosmand insonlar balki butun o'zbek axli faxr bilan tilga oladi.

Futbolimizda o'z o'rni, o'z saloxiyatiga ega bo'lgan bunday inson nomini o'z farzandiga xavas bilan qo'ygan ota-onalar son sanoqsizdir. Jumladan "Mashal" klubi futbol maktabida 3 nafar Mirjalol Qosimov nomli futbolchilar tarbiyalanmoqda. Bularning qay biridan so'ramang barchasi birinchi navbatda futbolimiz afsonasini esga oladi. Umuman olganda futbol yoshlarining eng sevimli raqami "4" uchun,  xali xamon futbolchilar o'rtasida jiddiy tortishuvlarning bo'lishi,  bu qanday sharaf ekanligini anglatib turadi.

2005 YIL
Ortda qolgan mavsumning so'nggi oyi nafaqat qashqadaryoliklar, balki o'zbekistonlik muxlislar uchun ham shov-shuvli voqealarni tuhfa etdi. O'smirlar o'rtasida jahon chempioni, yoshlar o'rtasida Evropa chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, O'zbekistonning bir necha marta eng yaxshi futbolchisi, bir so'z bilan aytganda, o'zbek futboli yulduzi Mirjalol Qosimovning Mashalga o'tishi borasidagi gap-so'zlarga boshida birov ishonmadi. Yangi yilga yaqin esa shov-shuv haqiqatga aylandi – Mirjalol Mashal da o'ynovchi-murabbiy sifatida faoliyat ko'rsata boshladi.
Butun mavsumni uchinchi o'rinda o'tkazgan muborakliklar yaqin taqibchisi Traktorni o'n ochkoga ortda qoldirgan holda o'z tarixlarida ilk bor bronza medaliga egalik qilishdi va Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

"Mashal" PFK Mirjalol Qo'shoqovichni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi.

O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan murabbiy, SHuhrat medali sohibi, O'zbekiston iftixori, Fidokorona xizmatlari uchun ordenlari soxibi bo'lgan insonga uzoq umr, sixat-salomatlik tilab qolamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика