"Mashal" o'z uyida "Nasaf"ga yutqazmaslikda davom etmoqda
02 iyu 2016 09:01
Yangiliklar
"Mashal" o'z uyida "Nasaf"ga yutqazmaslikda davom etmoqda
Qarshining "Nasaf" jamoasi Oliy liganing 15-tur doirasida Muborakda "Mashal"ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda "Mashal" SHahzod SHaymanovning urgan goli tufayli 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Nasaf" jamoasi Oliy liga o'yinlarida so'nggi marotaba Muborakda 2005 yilda g'alaba nashidasini surgan edi. O'shanda "Nasaf"ning afsonaviy hujumchisi Zafar Xolmurodovning dubli "ajdarlar"ga hozirga qadar "Mashal" ustidan safardagi oxirgi g'alabasi bo'lib turgan yutuqni taqdim etgandi. SHundan so'ng ushbu jamoalarning Muborakdagi o'yinida mezbonlar "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergani yo'q.
"Nasaf" jamoasi 11 yildan buyon Muborakdan 3 ochko olishni uddalolmay kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar