So’nggi yangiliklar

00:00"Ливерпуль" — "Ньюкасл". Таркиблар маълум  0 23:52"Эльче" — "Барселона". Таркиблар маълум  8 23:30Эстевао "Челси"ни тарк этди  6 22:34Энсо Фернандес "Челси"дан маошини оширишни талаб қилмоқда  1 22:07Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда йирик ғалабага эришди, Ўринбоев жароҳатдан сўнг илк бор майдонга қайтди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда "Лидс"ни тор-мор этди  6 21:45"Леванте" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 21:42"Челси" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  9 21:35БАА Президенти кубоги. "Дибба" "Ал Айн"га мағлуб бўлиб, мусобақани тарк этди, Абдуллаев танаффусда ўйинга қўшилди  0 21:30Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Ризеспор" билан дуранг ўйнади, Шомуродовдан навбатдаги гол  32 21:03“Истиқлол”: Машарипов операция қилинди  9 20:57ОПЛ. "Сабаҳ"дан навбатдаги ғалаба, Раҳмоналиевда эса 90 дақиқа  1 20:02Эътибордан четда қолган йиғин ва МТЖдаги янги шахслар ҳақида  8 19:33Ироқ юлдузлар лигаси. Ўзбек дербисида дуранг  0 19:05Бугунги ўйинлар: "Арсенал", "Барса" сафарда, “Челси”, "Ливерпуль" уйда ва бошқалар  1

"Mashal" nazorat bahsida "SHo'rtan"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

"Mashal" nazorat bahsida "SHo'rtan"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Bugun "Mashal" Toshkentda navbatdagi nazorat bahsini o'tkazdi. "Obod" stadionida G'uzorning "SHo'rtan" klubiga qarshi bahsda vakillarimiz yirik hisobda g'alabaga erishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida jamoalar maydonga asosiy tarkiblarni tashladi. Hujumkor o'yin ko'rsatgan har ikki jamoa vakillari ham dastlabki yarim soatlikda darvozalarni ishg'ol eta olmadi. Viktor Klishin Quvvatov darvozasi oldida birga bir vaziyatda to'pni darvozaga yo'llay olmagan bo'lsa, qaytgan tezkor hujumda g'uzorliklar Qo'ziboevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bosh hakam tomonida belgilangan 11 metrlik nuqtadan Zafar To'raev adashamadi. Oradan besh daqiqa o'tib Zohir Qo'ziboev himoyachilardan o'tib ketib , yuqoridan kelayotgan to'pni pastga tushurmasdan darvozaga aniq yo'lladi.

Ikkinchi bo'limda yoshlar tarkibi bilan harakat qilgan "gazchilar" , o'yinda ustunlikka ega bo'ldi. 65 daqiqada SHohruh Dostonov jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va himoyachini aldab darvozaning uzoq burchagiga aniq yo'lladi. Bahsda boshga hisob o'zgarmadi va "Mashal" nazorat bahsida navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Nazorat uchrashuvi.
Toshkent. 30.01.2015

"Mashal" - "SHo'rtan" 3:0
Gollar:
1:0 Zafar To'raev (32), 2:0 Zohir Qo'ziboev (38), 3:0 SHohruh Dostonov (65)

"Mashal": Sanjar Quvvatov, Siroj Hamroev, Iqbol Boboxonov, G'iyosjon Komilov, Qahramon Bahodirov, Jahongir Jiyamurodov, Nikita Bukatkin, Zafar To'raev, Abdulla Nabiev, Humoyun Murtozaev, Zohir Qo'ziboev.
Ikkinchi bo'lim: Botir Nosirov, SHahzod SHaymanov, Sirojiddin Allaev, Abbos SHodmonov, Tursunmurod Hamdamov, Sirojiddin Rahmatullaev, Durbek Kamolov, SHohruh Dostonov, Jamshid Xasanov, Firdavs Asadov, Nodir Davlatov.

"SHo'rtan":
Temur Jo'raev, Vitaliy Smirnov, Umar Eshmurodov, Rustam Azamov, Laziz Ubaydullaev, Eldor Boymatov, Samandar SHodmonov, Suhrob Berdiev, Igor Taran, Viktor Klishin, Zafar Polvonov.
Ikkinchi bo'lim: Roman Abdulov, Jamol Otaqulov, Olim Karimov, Husniddin G'ofurov, SHerzod SHaripov, Murod Rajabov, Abbos Omonov, Elyor Intizomov, Mirzakamol Kamolov, SHahzod Bo'riev, SHahzod Xursandov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика