“Mashal” JOMA bilan bir yillik shartnoma tuzdi
09 mar 2014 10:24
Yangiliklar

“Mashal” JOMA bilan bir yillik shartnoma tuzdi
Bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytgan “Mashal”ning joriy mavsumdan umidi katta.
Jamoa azolari o'tgan yil “Adidas” firmasining liboslaridan foydalanishgandi. Klub bosh direktori Ilhom Qurbonovning aytishicha, “Mashal” bu yil futbolchi va murabbiylarni Ispaniyaning eng mashhur sport kiyimlari ishlab chiqaradigan kompaniyalaridan biri Joma liboslari bilan taminlaydi.
“Biz Joma bilan hozircha bir yillik shartnoma tuzdik, - deydi Ilhom Qurbonov. – To'g'ri, shartnoma tuzildi, demak firma o'z liboslarini bepul beradi degani emas. Biz shartnomani quyidagicha bitimda imzoladik: asosiy tarkib uchun formalarni sotib olamiz, lekin Muborakda bolalar o'rtasida o'tkaziladigan turnirlarda (masalan, Bahrom Vafoev xotira turniri) Joma yosh futbolchilar uchun futbolka, butsi kabi sport mahsulotlarini sovg'a tariqasida ulashadi. Hozircha shunday kelishuvga erishdik. Agar maqul kelsa, keyingi yil shartnomani uzaytirishimiz mumkin”.

Fikrlar