So’nggi yangiliklar

14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  4 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4

"Mashal": Ikkinchi davra oldidan jiddiy maqsadlar bilan (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

"Mashal": Ikkinchi davra oldidan jiddiy maqsadlar bilan (FOTOGALEREYA)

Bugun "Mashal" PFK akademiyasi majlislar zalida klub rahbariyati, murabbiylari, fan-klub azolari, futbolchilar ishtirokida ikkinchi davra oldidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda klub bosh direktori Ilhom Abdug'anievich Qurbonov, bosh direktor o'rinbosari Azimjon SHakarov, yordamchi murabbiy Jamshid Saidov, klubimizga yangi kelib qo'shilgan SHahzod SHaymanovlar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Dastlab klubi bosh direktori yig'ilganlar savollariga javob berib o'tdi.

"Davralar oralig'idagi yig'inlarni yakunladik. Selekciya jarayoni esa bizni qoniqtirmadi va ko'ngildagidek bo'lmadi. Davralar o'rtasidagi selekciyaning ko'ngildagidek bo'lib o'tmaganidan biz fojea yasamaymiz. 2014 yilgi mavsum boshida biz o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lgan edik. SHunga qaramay oldimizda turgan ikkinchi davrada jamoani yanada kuchaytirishni maqsad qilgan edik. Ochig'ini aytib o'tadigan bo'lsam davralar o'rtasida jamoani kuchaytira oladigan futbolchi topish juda qiyin. " , - deydi Ilhom Abdug'anievich

"O'zgarishlar bo'ldi. Jumladan jamoamizga o'z futbolchimiz "Andijon"dan  qaytdi. SHaymanov klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o'tgan davrani "Andijon"da ijarada o'tkazdi. Biz futbolchilarimizni har qanday sharoitda ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istaymiz va bu futbolchimiz ham "Andijon"da 80-90%  maydonda harakat qildi. SHaymanov etarlicha amaliyotga ega bo'lgan deb hisoblayman. Zaxiradan o'tirgandan ko'ra amaliyotga ega bo'lganligi o'ziga ham , bizga ham yaxshi.

2014 yil uchun selekciya ishlarida o'n kishini olgan edik. Bazan bunda xatoga ham yo'l qo'yishimiz mumkin. Jamoamizni tark etgan Narzullaev haqida gapiradigan bo'lsam, bu futbolchi jamoamizga kirishib keta olmadi. SHu bois jamoani tark etdi. Eldor Ergashev va Salamat Qutiboev ham asosiy tarkibdan joy ola bilmagani uchun omadini boshqa jamoadan izlab ko'radi. Murabbiylar yoshlarga ko'proq o'rin berish uchun shunday qaror qabul qilgan.", - deydi klub rahbari jamoadagi o'zgarishlar haqida.

"Oldimizdagi maqsad bu maksimal natijaga erishish. Oliy ligada jon saqlab yuradigan jamoa tuzmoqchi emasmiz biz birinchi o'ringa intilamiz. Qaysi sportdan bo'lsa ham sportchi musobaqaga borganda birinchi o'rinni ko'zlaydi. "Mashal"ning maqsadi ham birinchi o'rinni egallash. Har bir o'yinda maksimal natija uchun maydonga tushamiz" , - deya fikrlarini yakunlaydi Ilhom Qurbonov

Bosh direktor o'rinbosari Azimjon SHakarov davra oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi davrani ko'ngildagidek yakunladik.  Tashkiliy jihatdan klubimiz eng yaxshi klublar qatoridan joy olishini istaymiz. Bu OFK nazorat komissiyasi tashrif buyuradi va biz stadionimizni yana "A" klassga qaytarmoqchimiz. Maydon holati esa ayni vaqtda eng sifatlilaridan biri. Har bir uchrashuvga katta tashkilotchilik bilan yondoshamiz. Barchasi futbol va muxlislar uchun" , - deya aytib o'tadi Azimjon SHakarov


So'ngra savollarga jamoa yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov javob berib o'tdi.

"Birinchi ligadan qaytgan jamoa uchun ayni vaqtda egallab turgan o'rnimiz salbiy deb bo'lmaydi. Oliy ligada har bir jamoa kuchli va har bir ochko qimmatli. Yuqorida aytib o'tilganidek maqsadimiz eng yuqori pog'onaga borish. Murabbiylar shtabini birinchi davradan ko'ngli to'lgan. Bugun ikkinchi davra start oladi va alo kayfiyatda boshlashga harakat qilamiz." , - deydi Jamshid Saidov

"Tarkibga SHaymanovni qo'shib oldik. Qutiboev jamoani tark etgandan so'ng, agar Fayziev terma jamoada bo'lsa bu o'rinda ham ushbu futbolchi, markazda ham  harakat qilishi mumkin. Ayni vaqtda taktik sxemamizga tushib olishi kerak.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'ldi. Moldavalik, kamerunlik , ukrainalik futbolchilar ko'rikda bo'ldi va bazi sabablar bilan ko'rikdagi legionerlar jamoamizda qolmadi. Legionerlar bizni futbolchilardan bir bosh ustun bo'lmasa jamoada olib qolishdan hech qanday nafni ko'rmadik. Beshta nazorat uchrashuvini o'tkazdik va bu bilan kerakli amaliyotni ham yaratdik deb o'ylayman.", - deya so'zini yakunladi Jamshid Saidov

Matbuot anjumanini so'nggi qismida klubning yangi futbolchisi SHahzod SHaymanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ozmi-ko'pni "Andijon" jamoasida o'yin olib bordim. Asosiy tarkibga kirishga harakat qildim va 80-90 % o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Buning uchun "Andijon" jamoasiga rahmat aytib o'taman. "Mashal"ga qaytganimdan xursandman va bor kuchim bilan harakat qilib asosiy tarkibda o'ynamoqchiman.

"Mashal"ning himoya chizig'idagi raqobat bu ijobiy va raqobat bor joyda o'sishimga ishonaman. "Mashal" bilan bu yilda ijobiy natija bilan yakunlasak,  keyingi yilda xalqaro maydondagi yo'llama uchun kurashadigan jamoa bo'lishiga ishonaman.  

13-raqamni tanladim va bu raqamni tanlaganligim boisi men shu klub akademiyasida o'ynab yurgan vaqtlarimdan boshlab ushbu raqamda harakat qilganman. Irimlarga ishonmayman va 13 raqam men uchun omadli. Misol uchun Lutfulla To'raev va Botir Qoraevlar ham "Mashal"da aynan shu raqamda o'ynagan." , - deya fikrlarini yakunlaydi SHaymanov.

SHundan so'ng klub  rahbariyati futbolchiga o'z raqami tushurilgan futbolkani taqdim etdi.

Ushbu matbuot anjumanidan fotogalereyani tomosha qiling:

 

 

 

~

 

 

~

 

~

 

~

 

~

 

~

 

~

 

~

 

~


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика