"Mashal": Bugun "Lokomotiv" bilan ikkita nazorat bahsi bo'lib o'tadi

27 yanv 2015, 07:02
Bugun "Mashal" Toshkentda ikkita nazorat bahsini o'tkazadi.
Ikki xil tarkib bilan "Lokomotiv"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahslar O'zbekiston futbol federatsiyasi sun'iy maydonida bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 12:00 da boshlansa, ikkinchi o'yin 14:00 ga belgilangan.

Bu o'yinda jamoamizning barcha futbolchilari maydonga tushadi va murabbiylar jamoamizdagi legionerlar imkoniyatini ko'rib chiqadi.

Manba: fcmashal.uz