"Mashal": Bugun jiddiy yo'qotishlar bor
04 noy 2015 11:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187654_original.jpg)
![](/upload/storage/187654_220.jpg)
"Mashal": Bugun jiddiy yo'qotishlar bor
Mazkur uchrashuvga jamoamiz jiddiy yo'qotishlar bilan kelgan. Ayni vaqtda Toshkentda tayyorgarlik olib borayotgan jamoamizga kecha aytib o'tganimizdek Botir Nosirov, Abbos Omonov, SHohruh Dostonovlar jarohati bois yordam bera olmaydi. Undan tashqari Jamshid Xasanovda ham kichik jarohat bor va hozircha ushbu futbolchining ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Abbos SHodmonov esa o'tgan turda ogohlantirishlari soni 4 taga etdi va bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. Ixtiyor Toshpo'latov o'tgan turda maydondan chetlashtirilgan va bugun maydonga tusha olmaydi. Himoyachimiz SHerzod Fayziev oilaviy sabablarga ko'ra "Paxtakor" bilan uchrashuvdan so'ng mashg'ulotlarda ishtirok eta olmadi. SHu bois Fayziev ham maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Mashal" bahsi bugun 14:00 da TTZdagi "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar