So’nggi yangiliklar

16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  4 15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  6 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  1 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9

"Mashal": "Bolalar va o'smirlar futbol maktabi” bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi Yangiliklar

"Mashal": "Bolalar va o'smirlar futbol maktabi” bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Teglar :  Mashal
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yurtimizda sportga, xususan futbolga qaratilayotgan yuksak etibor tahsinga loyiqdir.

Hech kimga sir emaski, Muborakdagi «Mashal» futbol klubi iqtidorli yoshlarga doimo keng imkoniyatlarni yaratish bilan birga, turli terma jamoalarimizga nomzodlarni etishtirib berib kelmoqda.

So'zimizga isbot tariqasida, bugungi kunda Rossiyaning mashhur «Rostov» klubida faoliyat yuritib kelayotgan istedodli hujumchi Eldor SHomurodovni ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari yana ko'plab ayni damda oliy ligada o'ynab kelayotgan futbolchilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bugun Muborakdagi «Bolalar va o'smirlar futbol maktabi»da tahsil olish bilan birga millionlar o'yini bilan shug'ullanib kelayotgan 2001 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarga «Mashal» futbol klubining maxsus sertifikatlari topshirildi. Umid qilamizki, ushbu 16 yoshdagi tarbiyalanuvchilarimiz ham yaqin orada katta futboldagi ilk qadamlarini tashlab, o'zlarini ko'rsatishga urinadi. Buning uchun ularda keng imkoniyat mavjud. «Mashal» o'zbek futbolidagi yorqin alanga. SHu o'rinda tarbiyalanuvchilarimizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Bitiruvchilarimiz ro'yxati

Umarov Yoqub
Fayziev Bekzod
Tursunov Zoir
G'offorov Jonibek
Asilbekov Islom
Karimov Jafar
Axadov Diyor
Xamdamov Akbar
Karimov Abdug'ani
Tilopov Alisher
Turdiev Axror
To'raev Nodir
SHodiboev Islom
Primov Feruz
Boboqulov Xakimbek
Normirzaev SHoxjaxon
Murodov Mardon
Pulatov Nurali
CHoriev Siroj
Safarov Siroj

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика