"Mashal": Andijondagi uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi
04 avg 2015 22:55
Yangiliklar


"Mashal": Andijondagi uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi
Kecha "Mashal" Oliy liganing 16-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi (2:2) uchrashuvni o'tkazdi.
Boy berilgan ikki ochkodan so'ng futbolchilarimiz keyingi uchrashuvda yanada jiddiy tayyorgarlikni boshladi. Bugun ertalab tiklanish mashg'ulotlaridan so'ng jamoamiz kechki mashg'ulotlarni olib bordi. Oldinda juda ham jiddiy va muhim uchrashuv turibdi. Bu o'yin ahamiyatini his qilgan yigitlar ijobiy natija qayd etish va muxlisga quvonch ulashishni maqsad qilgan. Safarda "Andijon"ga qarshi bahsga jamoamizni barcha azolari tayyor. 6 avgust kuni yoshlar va asosiy tarkib futbolchilari Andijonga jo'nab ketdi. Yoshlarimiz o'z o'yinini 7 avgust kuni o'tkazsa, shu kuni asosiy tarkibimiz o'yin oldi mashg'ulotlarni ham olib boradi.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" - "Mashal" uchrashuvi 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar