Marveyk Koreya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin
07 avg 2014 14:45
Yangiliklar
Marveyk Koreya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin
Gollandiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Bert van Marveyk Janubiy Koreya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin. JCH-2014dagi omadsiz ishtirokdan so'ng Xon Men Bo istefoga chiqqan edi.
“Men Marveyk bilan uchrashdim. Suhbatimiz ikki soatcha davom etdi. U Koreya terma jamoasida ishlash o'zi uchun qiziqarli bo'lishi aytdi. Hozircha aniq bir narsa deya olmayman. Muzokaralar shu hafta oxirida yakunlanadi”, – dedi Janubiy Koreya futbol associaciyasi texnik direktori Li Yun Su.
Eslatib o'tamiz, Van Marveyk 2008-2010 yillar oralig'ida Gollandiya terma jamoasini boshqargan edi. Aynan u “uchar gollandlar”ni JCH-2010 final bosqichiga olib chiqqan. Bertning so'nggi ish joiy Germaniyaning “Gamburg” klubi bo'ldi.

Fikrlar