Martino: "Jahon chempionatidan so'ng Messi jamoaviy futbolchiga aylandi"
30 apr 2015 17:12
Yangiliklar


Martino: "Jahon chempionatidan so'ng Messi jamoaviy futbolchiga aylandi"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martinoning takidlashicha, 2014 yilda o'tkazilgan jahon chempionatidan so'ng Lionel Messi o'zgargan.
"Biz Messi o'sganiga va jamoaviy futbolchiga aylanganiga guvoh bo'lyapmiz. Bundan so'nggi mundialning o'rni katta bo'ldi. Messi jahon chempionatida individual porlamadi, ammo jamoaviy o'yinlarda ko'p ishtirok etyapti. Bu men uchun ijobiy holat" - deydi Martino.

Fikrlar