So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Martines: “Rossiya xavfli raqib ekanligini bilardik. Ularda Dzyuba va yana bir qator kuchli futbolchilar bor” Yangiliklar

Martines: “Rossiya xavfli raqib ekanligini bilardik. Ularda Dzyuba va yana bir qator kuchli futbolchilar bor”

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Mantines Evro-2020 musobaqasida Rossiya (3:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Jamoangiz g'alaba qozondi, ammo Kastan safdan chiqdi. Taassurotlaringiz qanday?

-Har qanday turnirda ilk o'yin qiyin kechadi. 90 daqiqa koncentraciyani yo'qotmaslik muhim edi. Kastan jiddiy jarohat olgani yoqimsiz holat albatta. U turnirni o'tkazib yuborishga majbur.

-Rossiya termasining to'rtta himoyachi bilan to'p tepgani sizni hayron qoldirdimi?

-Biz ruslar bilan uch marta kuch sinashdik. SHu o'yinlarning birida CHerchesov to'rt himoyachi bilan harakatlangandi. Biz bunga tayyor edik va bu biz uchun “syurpriz” bo'lgani yo'q. Raqibimiz safida Dzyuba va yana bir qator jismoniy jihatdan kuchli futbolchilar borligini va ular istalgan payt darvozamizga tahdid sola olishini bilardik. SHu bois shunga mos tarzda tayyorgarlik ko'rgandik.

-Menening o'yini haqida nima deya olasiz?

-U ajoyib o'yin ko'rsatdi. Yangi musobaqani boshlash, uni ustiga safarda to'p tepish qiyin ish. Zaxiradan maydonga tushib, o'yinga qo'shilib ketish undanda qiyinroq vazifa. Mene o'yinga ajoyib tarzda qo'shila oldi va g'alabaga munosib hissa qo'shdi. Futbolchim bilan faxrlanaman.

-Jamoa Eriksen haqidagi xabarga qanday munosabatda bo'ldi?

-Voqeani eshitib, xafa bo'ldik. Jamoa maydonga chiqishiga besh daqiqa qolganida bundan xabardor bo'ldik. Bu kabi holatlardan keyin hech kim futbol haqida gapirishni istamasdi. Tobi, Vertongen, Lukaku Eriksen bilan birga to'p tepishgan.

Unga mustahkam sog'lik tilab qolaman. Bunday xabarlarni eshitish og'ir. Uning hozir ahvoli ancha yaxshi ekanligi quvonarli holat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика