Mart oyi boshida "Navbahor" klubi prezidenti etib tayinlangan Rasul Nizambaev o'z lavozimini tark etdi
29 mar 23:49
Yangiliklar
Mart oyi boshida "Navbahor" klubi prezidenti etib tayinlangan Rasul Nizambaev o'z lavozimini tark etdi
"Navbahor" klubi rahbariyatida bir necha o'zgarishlar bo'ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman malum qildi.
"Bugun "Navbahor" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadionida yig'ilish o'tkazildi. Uni Namangan shahar, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev olib bordi.
Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi. "Navbahor" PFK prezidenti Rasul Nizambaev sog'ligidagi muammolar sababli, o'z arizasiga binoan istefoga chiqqani malum qilindi.
SHuningdek, Baxtiyor Nurmatov yana "Navbahor" klubi bosh direktori lavozimiga qaytdi.
Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Akmal Soxibov esa direktor o'rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlaydigan bo'ldi", -deyiladi "Navbahor" klubi rasmiy bayonotida.
Malumot uchun, "Navbahor" PFK prezidenti Rasul Nizambaev 2024 yilning beshinchi mart kuni ushbu lavozimga tayinlangandi.
Fikrlar