Marsyal uzoq muddatga safdan chiqdimi?
05 apr 2021 01:25
Yangiliklar
Marsyal uzoq muddatga safdan chiqdimi?
"Qizil iblislar" forvardi mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Antoni Marsyal 2022 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Franciya va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda (2:0) tizzasidan jarohat olgan edi.

"Qizil iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsherning so'zlariga ko'ra, franciyalikning jarohati dastlab kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi.
"Biz Antonini mavsum oxirigasa yo'qotgan bo'lishimiz mumkin. Ayniqsa, avvaliga u bilan hech qanday jiddiy voqea sodir bo'lmaganligi to'g'risida xabarlar tarqalganini hisobga olsak, bu xabarni qabul qilish qiyin bo'lyapti. Ko'rib turibmizki, hammasi biz kutganimizdan ko'ra yomonroq", – deydi Sulsher BBC'ga.
Marsyal APLning joriy mavsumida "Manchester Yunayted" tarkibida 22 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar