Marsyal 2024 yilga qadar MYUda to'p tepadi
31 jan 2019 19:52
Yangiliklar
Marsyal 2024 yilga qadar MYUda to'p tepadi
Hujumchi Antoni Marsyal “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini 2024 yilning iyuniga qadar uzaytirdi.
Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
“Men ushbu jamoa tarkibiga kelib qo'shilganimdan buyon o'zimni klubning bir qismi ekanligimni his qilaman. Muxlislar tomonidan iliq qarshi olinishim meni hayrat va hayajonga soladi”, deydi franciyalik futbolchi.
Forvardning avvalgi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuzilgan edi. Joriy mavsumda Marsyal APLda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. 23 yoshli futbolchi 2015 yili “Monako”da MYUga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar