Marselo “Real” tarixidan joy oldi

30 yanv 2020, 08:49
Braziyalik futbolchi Madrid klubi safida yubiley uchrashuvini o'tkazdi.

31 yoshli Marselo “Real” safida Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida “Saragosa”ga qarshi maydonga tushdi. Bu bahs uning uchun “Real” safidagi 500-si bo'ldi. Natijada Marselo madridliklar safida ushbu ko'rsatkichni qayd etgan ikkinchi legioner futbolchiga aylandi. Avvalroq bunday natijani Marseloning vatandoshi Roberto Karlos (527) qayd etgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Opta