Marotta Sanches bilan 3 yillik shartnoma tuzilishini malum qildi
06 avg 2020 02:38
Yangiliklar


Marotta Sanches bilan 3 yillik shartnoma tuzilishini malum qildi
Milanning "Inter" klubi bosh direktori Beppe Marotta "neradzurrilar" tez orada "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Aleksis Sanches bilan 3 yilga mo'ljallangan bitim imzolashi to'g'risida malumot berdi.
"Hozircha rasman tasdiqlanmagan, ammo Sanches 3 yil davomida bizniki bo'ladi. Aleksisga ishonamiz va u biz bilan birga ekanidan xursandmiz", – dedi Marotta.
Xabar qilinishicha, 31 yoshli chililik o'yinchi "Inter"da yiliga 7 mln evro maosh oladi.
Sanches A Seriyaning yakuniga etgan mavsumida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va 9 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar