Marotta Ikardi bilan bog'liq vaziyatni o'nglamoqchi
18 fev 2019 12:10
Yangiliklar


Marotta Ikardi bilan bog'liq vaziyatni o'nglamoqchi
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta oldinroq sardorlik bog'ichidan ayrilgan Mauro Ikardiga yangi shartnoma taklif qilinish haqida gapirib berdi.
"Ikardi bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkaziladi, biz unga taklif beramiz. Vanda Naraga vada berganimizdek, yaqin vaqt ichida yangi bitim bo'yicha taklif yuboramiz" - deydi Marotta.
Oldinroq, "Inter" Nara tufayli Ikardi bilan yangi bitim borasida kelisha olmagan edi. SHu sababli klub uni 80-90 mln. evroga pullab yubormoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar