Marotta: "Eriksenning o'zi bizga hushxabarni etkazdi"
13 iyu 2021 14:55
Yangiliklar
Marotta: "Eriksenning o'zi bizga hushxabarni etkazdi"
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta Evro-2020 doirasida Finlyandiyaga qarshi o'yin vaqtida hushini yo'qotgan Kristian Eriksenning holati haqida gapirdi.
"Kecha kechqurun "Inter" futbolchilari chatiga Kristian o'z holati haqida yozdi. U barchani tinchlantirib, tezda safga qaytishini malum qildi. U o'zini yaxshi his qilmoqda, deb ayta olaman.
O'yin dinamikasida bu juda dahshatli ko'rindi. Baxtni qarangki, yakun ijobiy bo'ldi. Butun bir tun davomida biz qo'rqib o'tirdik.
Bu haqida batafsil malumotlar bera olmayman. U Daniya termasi shifokorining nazorati ostida edi. Bu borada Daniya FF malumot bersa, adolatdan bo'lardi.
Bunday holatlar bo'lganida sportdagi barcha birlashadi. Boshqa jamoa muxlislaridan bizga ko'plab xatlar kelib tushdi, Kristianga sog'liq tilashdi. Ko'plab mashhurlar ham bizga yozib turishdi. Barchamiz birgamiz va Kristianga sog'liq tilaymiz", - dedi Marotta.
Fikrlar