Marokash murabbiyi: "Umid qilamanki, Ronaldu bizga qarshi maydonga tushmaydi"
09 dek 2022 21:45
Yangiliklar


Marokash murabbiyi: "Umid qilamanki, Ronaldu bizga qarshi maydonga tushmaydi"
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
Ushbu raqiblar JCH-2022 chorak finalida to'qnash kelishadi.
"Marokash dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bilan o'ynaydi, ularda juda mahoratli futbolchilar jamlangan. Krishtianu Ronaldu bo'lajak bahsda ishtirok etadimi-yo'qmi, buni bilmayman. Umid qilamanki, u maydonga tushmaydi. Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri, shu bois u maydonga tushirilmasa, bundan xursand bo'laman", - dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Marokash - Portugaliya uchrashuvi ertaga, 10 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar