Marlen CHobanov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
20 jan 2021 20:05
Yangiliklar


Marlen CHobanov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
"Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan himoyachi Marlen CHobanov "SHerlar" safini to'ldirdi.
20 yoshga to'lgan himoyachi "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Keyinchalik Ukraina klublarida futbol bilan shug'ullanishni davom ettirgan Marlen 2017 yildan boshlab Kievning "Obolon" jamoasi sharafini himoya qilgan. O'tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab mashg'ulotlarda ishtirok etgan CHobanov bilan ikki yillik kelishuvga erishildi. U "Paxtakor"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
"Paxtakor"ga professional futbolchi sifatida qaytgan Marlenga jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishini tilaymiz", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar