Markos Roxo "Everton"ga o'ta olmaganidan g'azabda
09 avg 2019 15:32
Yangiliklar


Markos Roxo "Everton"ga o'ta olmaganidan g'azabda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo transferlar oynasining so'nggi kunida "Everton"ga o'tishi amalga oshmay qolganidan norozi.
Argentinalik "qizil iblislar" safiga Garri Maguayr kelib qo'shilganidan so'ng, o'yin amaliyotisiz qolishdan qo'rqmoqda.
"Everton" esa futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi edi, ammo bitim amalga oshmay qoldi.
Roxo yakunlangan mavsum "qizil iblislar" safida 8ta o'yinda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi MYU tarkibiga 2014 yilda "Sporting" klubidan kelib qo'shilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar