Markos Roxo etirozi uchun uzur so'radi
18 avg 2014 13:41
Yangiliklar
Markos Roxo etirozi uchun uzur so'radi
Argentinalik himoyachi Markos Roxo o'z etirozi uchun "Sporting" klubi rahbariyatidan uzr so'radi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'z klubidan uni "Manchester Yunayted"ga sotishini talab qilgan, ammo portugaliyaliklar bu borada shoshilish kerak emasligini tushuntirishgan. Roxo mana shu rad javobi tufayli klub prezidenti Bruno de Karvalo bilan urishib ketishiga bir bahiya qolgan.
"Men jahlda edim, shu sababli men o'zimni boshqara olmadim, o'zimni bunday tutishim beodoblik" - deydi Roxo.
"Men jahlda edim, shu sababli men o'zimni boshqara olmadim, o'zimni bunday tutishim beodoblik" - deydi Roxo.
Fikrlar