Marko van Basten: Van de Beek "Manchester Yunayted"ga o'tmasligi kerak edi
28 okt 2020 01:24
Yangiliklar


Marko van Basten: Van de Beek "Manchester Yunayted"ga o'tmasligi kerak edi
Niderlaniyalik futbol afsonasi Marko van Bastenning takidlashicha, vatandoshi Donni van de Bekning "Manchester Yunayted"ga o'tish to'g'risidagi qarori xato bo'lgan.
— Bilaman, u avvalgiga qaraganda ancha ko'p pul topadi. Yaxshi o'yinchi o'ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lishi va yangi jamoaga o'tayotganida o'z imkoniyatlarini baholay olishi kerak. Donni "Manchester Yunayted"ga o'tmasligi kerak edi. Yaxshi futbolchi bo'lsangiz, har hafta o'ynashni xohlaysiz. Bunday o'yinchilar uchun mavsum avvalidan buyon 6-7 o'yinda ishtirok etish haqiqatan ham yomon. U yana biroz kutishi kerak edi, — dedi van Basten Sky Sports nashriga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar