Van Basten Alvaresning penaltisi haqida: "U to'pga bir marta tegdi. UEFA o'zgartirishlar kiritishi shart"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2025, 16:34
Marko van Basten Xulian Alvaresning penaltisida to'pga ikki marta tegishni ko'rmadi.

"Real" UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

O'yindan keyingi penaltilar seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarbadan avval sirpanib ketdi va to'pga ikkala oyog'i bilan tegdi. Shunga qaramay u gol urdi, biroq bosh hakam VAR bilan muhokamadan so'ng uni hisobga olmadi.

"Men "Real" yoki "Atletiko" tarafdori emasman, lekin Xulian Alvares to'pga bir marta tegdi. 

UEFA o'zgartirishlar kiritishi shart", – deb yozdi "Milan"ning sobiq hujumchisi o'zining storisida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru