Marko Stanoevich: "O'zbekiston Kubogini yutishni istaymiz"
03 sen 2022 23:51
Yangiliklar


Marko Stanoevich: "O'zbekiston Kubogini yutishni istaymiz"
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/4 final bosqichi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" futbolchisi Marko Stanoevich o'z fikrlarini bildirdi.
- O'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Birinchi bo'limda bu ko'proq o'xshadi. Ikkinchi bo'limda esa hisobni ushlashga va keyingi bosqichga chiqish uchun o'ynadik.
- Yarim finalda qaysi jamoa bilan o'ynashni istaysiz?
- Hozircha buni o'ylamayapman. Asosiysi - o'z o'yinimizni ko'rsatish, raqibdan ustunlik qilgan holda g'alabaga erishish. Turnirda g'olib bo'lishni istaymiz. SHu sababli istalgan raqibni mag'lub etishga tayyor bo'lishimiz kerak.
- Ro'ziqul Berdievning maydon chetida bo'lmagani jamoaga qanchalik tasir qildi?
- Biz bir jamoamamiz. Albatta, uning yo'qligi bilindi. Biroq bu bizning qaror emas. Associaciyadagilar qarorni chiqaradi. SHu sababli biz barcha o'z ishiga tezroq qaytishini istaymiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar