Marko Stanoevich: "Nasaf" bilan yangi shartnoma borasida hali muzokara o'tkazganim yo'q"
02 dek 2020 13:58
Yangiliklar


Marko Stanoevich: "Nasaf" bilan yangi shartnoma borasida hali muzokara o'tkazganim yo'q"
SHu yil so'nggida "Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevichning shartnomasi yakuniga etadi.
Kecha saytimizda futbolchi "Nasaf"dan 2021 yilgi mavsum uchun 1,5 milliard (150 ming AQSH dollari) atrofida maosh so'ragani haqida xabar chiqqandi.
Marko Stanoevich bu xabarga munosabat bildirdi:
"Hozircha "Nasaf" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazganim yo'q. Tabiiyki muzokara o'tkazilmaganidan keyin qancha maosh berilishi haqida ham gap-so'z bo'lgani yo'q. Klub rahbariyatiga mavsumning barcha o'yinlari tugagach muzokara o'tkazishga vada berganman. Hali mavsum tugagani yo'q", - deydi Stanoevich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar