So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Marko Simich: "Maydonda do'stlar bo'lmaydi" Yangiliklar

Marko Simich: "Maydonda do'stlar bo'lmaydi"

Kecha Superliga 9-turidan o'rin olgan poytaxt derbisi bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning ikki klubi "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Uchrashuvdan so'ng, "Paxtakor" himoyachisi Marko Simich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kuchli jamoaga qarshi qiyin o'yin bizni kutib turganini bilardik. Ikkinchi bo'limda kuchli o'yin ko'rsatish uchun ikkala jamoaning ham kuchi etmay qolgani ko'rinib qoldi. bizda ham, raqib jamoada ham gol urish uchun xavfli vaziyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yin tizginini o'z nazoratimizda ushlab turdik. Ikkinchi bo'limda raqiblarimiz qarshi hujumga o'tishdi va qator vaziyatlar yaratishdi. Fikrimcha, durang natija ikkala jamoani ham qanoatlantirdi. 

Bu o'yin omadsiz bo'ldi demagan bo'lardim. Bunday qiyin o'yinlar bo'lib turadi. Asosiysi mag'lub bo'lmadik. G'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Marat Bikmaev bilan maydonda biroz bahslashib qoldik. Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Maydonda do'stlar bo'lmaydi. Meni hech qachon kamsitishlariga yo'l qo'ymayman", - deydi Marko Simich


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика