Marko Roysning Borussiyadagi kelajagi yaqin orada hal bo'ladi
24 apr 2023 08:24
Yangiliklar


Marko Roysning Borussiyadagi kelajagi yaqin orada hal bo'ladi
Borussiya Dning bosh direktori Xans-Yoaxim Vacke jamoa sardori Marko Roysning kelajagi haqida gapirdi.
«Yaqin orada biz Markoning shartnomasi bo'yicha qarorni qabul qilamiz. Menimcha, bunga o'n kuncha ketadi»,-dedi Xans-Yoaxim Vacke.
Germaniyalik futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Roys «Borussiya» safida 2012 yildan beri harakat qilib keladi. U dortmundliklar safida jami 380 ta uchrashuvda maydonga tushib, 161 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar