So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Marko Jampaolo - yangi "Milan" uchun ideal variant Yangiliklar

Marko Jampaolo - yangi "Milan" uchun ideal variant

Sakki, Kapello, Allegri va Sarri ham uni maqtamoqda.

“Sampdoriya” tarixidagi eng qimmat 5ta shartnomasidan 3tasi so'nggi uch yil ichida sodir bo'ldi. “Sevilya” Luis Murielni (24,5 mln evro), “Inter” – Milan SHkrinyarni (28 mln), “Arsenal” esa Lukas Torreyrani (30 mln) sotib olgan edi. SHuningdek, ular orasida Patrik SHik ham bor. “Roma” uni sotib olish sharti bilan ijaraga olgan: bonuslar bilan transfer summasi 42 millionni tashkil qilgan. Duvan Sapata – “Atalanta” uning ijarasi uchun klubga 12 million evro bergan, kelasi yil esa “Samp”ga yana 14 million to'lab berishi kerak.

Prezident Massimo Ferreroni maqtash uchun yaxshigina imkoniyat – u pullarni aql bilan ishlatadi. Lekin Ferreroning fikricha, Marko Jampaolo bunda muhim rol o'ynagan va ulkan hissa qo'shgan . “U yangi loyiham uchun ideal variant, – deydi prezident. – Men yosh o'yinchilarni sotib olmoqchiman, Marko esa ular bilan juda yaxshi ishlay oladi”.

“Milan” bosh direktori Ivan Gazidis klubning kelgusidagi rejalari haqida gapirib, “rossoneri”ga yosh futbolchilar kerakligini takidladi. Biroq gazetalarda yozishganidek, qayta sotib yuborish uchun emas! “Ular “Milan” bilan birga o'sishini, shu erda haqiqiy yulduzga aylanishini istayman”, – deydi Gazidis. Uning oldiga qo'ygan maqsadi ham xuddi Ferreronikiga o'xshaydi.

Jampaolo yoshlar bilan ishlash unga osonroq ekanini tan oldi. 2014 yil u Pro Liga klubi “Kremoneze”ga boshchilik qilgan. “O'shanda menga murabbiylik faoliyatim tugagani aytishgan. Lekin jamoada qarashlarini o'zgartirmaydigan tajribali faxriy o'yinchilar yo'q ekani menga qo'l keldi. Jamoa esa g'oyalarimga ishongan, aytganlarimni qilgan. Natijada biz ijobiy natijalarga erisha olganmiz”.

Mauricio Sarrini “Napoli”ga taklif qilishganida, “Empoli” prezidenti Fabricio Korsi murabbiydan maslahat so'ragan. Korsi jamoa nafaqat A Seriyadagi o'rnini ushlab qolishi, balki yorqin futbol namoyish qilishini ham istagan. Sarri shunday javob berdi: “Jampaoloni chaqiring va hammasi hozirgidan yaxshiroq bo'ladi”. Marko to'rtinchi divizionda ishlayotganiga qaramay, shveycariyalik mavsum davomida yaxshi murabbiylardan biri ekanini isbotlashiga Mauricio vada berdi.

“Empoli” Sarri bilan 42 ochko to'plab, 15-o'rinni egallagan. Jampaolo esa klub bilan yanada yuqori pog'onaga ko'tarilgan — 10-o'rin. Marko kamtarlik bilan: “SHunchaki o'yinchilarim yaxshi edi”. Lekin toskanlar B Seriyaga tushib ketganidan so'ng, murabbiy “Sampdoriya” tomon yo'l oldi.

2016 yil yozda, “Empoli” tarixidagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan birida, “Milan” vakillari Jampaoloni klub bosh murabbiyligi lavozimiga taklif qilishdi. U Adriano Galliani bilan suhbatlashdi, bir necha bor uyiga ham bordi. Silvio Berluskoni bu fikrni maqulladi, lekin potencial xaridorlar bilan maslahatlashishga majbur bo'ldi. Ular esa Vinchenco Montellani tanlashdi.

Jampaolo uning o'rniga boshqa ustozni tanlab ketishgan vaziyatga birinchi marta duch kelgani yo'q. 2009 yil Marko “Yuventus” direktori Jan-Klod Blan bilan tushlik qildi va shartnoma imzolashga ham yaqin turgan edi. Ammo Turin klubi xo'jayinlari oxirgi pallada jamoaga CHiro Ferrarani taklif qilishga qaror qilishdi. “Men nima uchun bunday bo'lganini so'ramadim, – deydi Jampaolo. – Albatta, alam qilgan. Lekin men bunga qo'ldan boy berilgan imkoniyat deb qaramaganman. SHunday imkon paydo bo'lganidan  xursandm bo'lganman xolos”.

Arrigo Sakki sevimli murabbiylarini sanaganida, Markoni ham doim ro'yxatiga qo'shardi. Afsonaning “optimist murabbiy” degan tushunchasi mavjud bo'lib, Jampaolo ham xuddi Sarri, Eusebio, Di Franchesko va Roberto De Zerbi kabi shu toifaga kiradi. “Optimist murabbiy” chiroyli va kuchli o'yin namoyish etadi”, – deydi Sakki. Fabio Kapello – o'yindagi rejalari bo'yicha Sakkining butunlay aksi, ammo u ham Markoni qadrlaydi: “Yangi Kapello? Men o'zimda Jampaoloni ko'raman”.

Gap-so'zlarga qaraganda, “Milan” rahbariyati “Yuve” murabbiyini almashtirishini eshitganida Massimiliano Allegriga shartnoma taklif qilgan ekan. Maks rad javobini bergan va Paolo Maldiniga boshqa bir murabbiyni maslahat bergan – “rossoneri” o'sha variantda to'xtaldi.

Jampaoloning asosiy salbiy jihati u o'rtamiyona murabbiy va hech qachon turnir jadvalining yuqori pog'onasidagi klublar bilan ishlamagan. U ikki yil davoida A Seriyaning “Kalyari” klubi bilan ishladi (9-o'rinni egalladi va kelasi yili istefoga chiqarildi) Undan oldin esa “Sassuolo”, “Grosseto” va S2dagi SPALda ishladi. “Markoni top-klubga juda kech chaqirishdi”, — deydi murabbiyning akasi Federiko. — Muammo shundaki, u asta-sekinlik bilan o'sdi. Tajribali va malakali murabbiylar esa allaqachon imkon olib, ishga ega bo'lgan edi”.

Jampaolo “Sampdoriya”ga borganida, jamoa ikki ochko farq bilan elitada qolgan edi (genuyaliklar Vinchenco Montella bilan 15-o'rinni egallagan holda turnirni yakunlashgan). Oradan bir yil o'tib, avvalgi mavsumga nisbatan 8 ochko ko'proq jamg'arishgan (48 ochko), keyingi ikki chempionatlarda esa “Samp” 54 va 53 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan. “Blucherkyati” Evropa Ligasiga chiqolmadi, klub Jampaolo bilan ikki bor 10-o'rinni egalladi. O'tgan chempionatda esa 9-pog'onani zabt etdi. Biroq “Sampdoriya” o'rnini saqlab qolishdan ko'ra, ko'proq evrokubok zonasiga yaqin bo'lgan va har yili o'tgan mavsumga nisbatan ko'p gol urishga erishgan. 2018/19 yilgi chempionatda – 60ta gol. A Seriyaning faqat 4 jamoasi samarali o'ynadi: Atalanta (77), Napoli (74), Yuventus (70) va Roma (66).

Marko “Napoli” murabbiyi Sarridan o'rnak oladimi yo'qmi, shuni so'rashganida, Jampaolo harakat qilayotganini aytgan: “Eng muhimi – doim tashabbuskor bo'lish va shart bo'lgan ishlarni belgilab olish. Ammo barchasini tezlik bilan amalga oshirish qiyin. Men “Sampdoriya”da bosimsiz, nimani xohlasam shu ishni qilgan holda faoliyat yuritdim. Buning asosiy plyus tomoni grand bo'lmagan jamoani shug'ullantirishdir. Uning “Sampdoriya”si, xodimlarning tinimsiz o'zgarishiga qaramay, muntazam ravishda o'zini namoyon etib bordi. Jampaolo klubga rahbariyat va muxlislar tomonidan bosim etishmaydi deb hisoblaydi. “Men vaqtni dushmanim emas, do'stim deb hisoblayman, – deydi u. – Asosiysi shoshmaslik kerak. Katta jamoalar – asta-sekin ishlashning samarasidir. Afsuski, klub xo'jayinlari orasida kichik natijalarga erishish bilan cheklanib qoladiganlar talaygina. Olg'a intilib, istiqbolni ko'ra oladiganlar esa aksincha, kam”.

Jampaoloni besh marotaba ishdan bo'shatishgan – “Kalyari” (2 marta), “Siena”, “Katanya” va “CHezena”dan. “Breshia”dan esa o'zi istefoga chiqishni maqul ko'rgan – prezident Luija Korioni bilan chiqisha olmagan, g'azablangan va bir necha kunga yo'q bo'lib qolgan. SHartnomani bekor qilish uchun qaytib keldi va matbuot anjumanida nafaqat “Breshia” xo'jayini, balki butun Italiya futbol tizimini haqida salbiy fikrlar bildirdi. SHundan so'ng, yana noldan boshlashiga to'g'ri keldi – Pro Liga va “Kremoneze”. “Men ularga o'zim taklif berdim, quyi pog'onadagi jamoa bilan ham yuqori natijalarga erishish mumkinligini isbotlamoqchi bo'ldim”, – deydi Jampaolo. “Milan” bilan tuzilgan shartnoma Marko aytgan gapining uddasidan chiqa olganini bildiradi.

“Vazifamiz – g'alaba qozonish mumkin bo'lgan chiroyli o'yin namoyish qilish”, – deydi Jampaolo “Milan” murabbiyi bo'lganidan so'ng. Italiya gazetalari yozishicha, Marko “Sampdoriya” va “Empoli”da foydalangan sxemasi 4-3-1-2 bo'yicha o'ynar ekan. Ammo murabbiyning akasi Federikoning aytishiga qaraganda, muhimi – g'oya: “U uchun birinchi navbatda sxema emas, balki munosabat, kayfiyat va psixologiyadir”.

Bir necha hafta avval ijtimoiy tarmoqlarda “rossoneri”ning yangi murabbiyi Allegri hamda Jovanni Galeone bilan bir stol atrofida ovqatlanib o'tirgan surati paydo bo'ldi. Galeone A Seriyaning hech bir jamoasida to'liq mavsum ishlamagan (uni “Peskara”, “Peruja”, “Napoli”, “Ankona” va “Udineze”dan bo'shatib yuborishgan). SHunga qaramay, u Italiya futbolining afsonalaridan biri sanaladi. Uning qo'l ostida Allegri va Jan Pero Gasperini to'p tepgan, Jampaolo esa Galeonening yordamchisi bo'lgan. Uchta murabbiy ham Jovanni bilan tanishish ularga katta tasir ko'rsatganini takidlagan.

“U juda sokin, kamdan-kam hollarda o'zini boshqarolmay qolishi mumkin. Meni uni tariflashim uchun birgina so'zning o'zi kifoya. Kimdir buni haqorat deb qabul qilar, ammo buni salbiy manoda aytmayman. Jampaolo – zadrot", – deydi Galeone. "Yoshligida u Van Galdan ish o'rganish uchun Barselonaga borgan. Uning jamoalari doim bir maromda o'ynardi. U oddiy narsalarga ham juda etiborli edi. Quyi pog'onadagi jamoa bo'lsa ham, paslar berib o'ynashini yaxshi ko'rardi. Gvardiolaga taqlid qiladi deya olmayman, lekin uning g'oyalari Markoga yoqar edi. Biroq farqi shundaki, Gvardiolaning jamoalari doim top va yulduzlarga boy klub bo'lgan".

Jampaolo taqlidi tufayli — 36 yoshli Fabio Kvalyarella A Seriyaning eng yaxshi to'p urari bo'lishga muvaffaq bo'ldi. U "Empoli" va "Sampdoriya"ning bir necha yosh o'yinchilari narxi ko'tarilishiga sababchi bo'ldi. Mehnatlari evaziga unga Italiyaning eng obro'li jamoalaridan birida ishlash nasib etdi. Ehtimol, Marko aytgandek, uning falsafasida biznesga o'rin yo'qdir. "Agar futbolchi maoshini oshirish maqsadida yonimga kelsa, u holda manzilda adashibdi. Futbol men uchun – sanat. Zamonaviy futbol – sanat va biznes o'rtasidagi doimiy nizodir. Biroq iqtidorni sotib olib bo'lmaydi, iqtidorsiz esa g'alaba qozonishning iloji yo'q".

Jampaolo – "Milan"ning oxirgi uch yil ichida "Sampdoriya"dan kelgan 3-murabbiyidir. Lekin etiborlisi shundaki, Sinisha Mixaylovich futbol olamida anchagina taniqli edi. Vinchenco Montella esa yanada mashhurroq bo'lgan: "Fiorentina" bilan to'rtinchi pog'onani egallagan. Natija va mashhurlik tomondan gapiradigan bo'lsak, Marko – hech kim. Ammo bir narsani unutmaslik lozim: Sakki va Allegri ham qachonlardir shunday kunlarni boshdan kechirgan edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика