Markinos: "Raqib darvozabonning harakatlarini cheklab qo'ygandi"
27 noy 09:07
Yangiliklar
Markinos: "Raqib darvozabonning harakatlarini cheklab qo'ygandi"
Markinosning fikricha, "Bavariya"ning goli urilgan epizodda Safonovga nisbatan fol ishlatilgan.
Birinchi bo'limda burchak zarbasidan keyin Kim Min CHje darvozabon maydonchasidan to'pni darvozaga yo'lladi.
Bosh hakam Ishtvan Kovach videoassistent bilan maslahatlashgach, golni inobatga olishga qaror qildi.
"Men hakamdan nima bo'layotgani haqida so'radim, chunki raqib darvozabonning harakatlarini cheklab qo'ydi va to'pga etishiga imkon qoldirmadi.
Raqib senga nisbatan bunday o'ynasa, doimo qiyin. Darvozabon to'pni qaytarib yubormoqchi edi, lekin buni amalga oshirib bo'lmadi. Bunday o'yinda burchak zarbasi kabi holatlar qanchalik muhimligini yaxshi tushunamiz.
Biz hakamlar haqida gapirishni yoqtirmaymiz, lekin bahsli vaziyatlarning hammasida qaror "Bavariya" foydasiga chiqarilishi g'alati", – dedi PSJ himoyachisi Markinos.
Fikrlar