So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  6 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Markes Lopes O'zbekistonga qarshi o'yinda qanday taktika qo'llaganini malum qildi Yangiliklar

Markes Lopes O'zbekistonga qarshi o'yinda qanday taktika qo'llaganini malum qildi

Osiyo kubogi-2023 chorak final doirasidagi Qatar - O'zbekiston (1:1, 3:2-p) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Markes Lopes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Janob murabbiy, o'yindan oldin O'zbekiston terma jamoasining kuchsiz jihatlari so'ralganda hozir aytsam rejalarim ochilib qoladi degandingiz. Bugun siz g'alaba qozondingiz, hozir O'zbekiston terma jamoasining zaif nuqtalari haqida gapira olasizmi, umuman o'yinga qanday reja bilan tushgandingiz?

— O'zbekiston terma jamoasini yaxshi tahlil qilgandik. Ularning qaysi jihatlarda kuchli ekanligini juda yaxshi bilardik. Kamchiliklar haqida gapirsak, o'yindan oldin aniq rejaga tayangandik. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining oldindagi ikki nafar o'yinchisi juda tezkor (Oston O'runov va Abbos Fayzullaev — Championat.Asia) edi va ularni yopishimiz talab etilardi. Agar shu ikki o'yinchi neytrallashtirilsa g'alaba bizniki bo'lishini bilardik. Maqsadimiz aynan shu edi va buni uddaladik. O'yinning boshida gol urib oldik, keyin esa asabiylashganimiz sababli o'yinimiz sifati tushib ketdi, ikkinchi bo'limda esa to'p o'tkazib yubordik. Ammo, o'yinni oxirigacha olib borib yakunda penaltilar seriyasida g'alaba qozondik.


Markes Lopes ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani tez orada saytimiz orqali elon qilinadi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика