Markes Lopes O'zbekistonga qarshi o'yinda qanday taktika qo'llaganini ma'lum qildi

Alisher
4 fev 2024, 01:57
Osiyo kubogi-2023 chorak final doirasidagi Qatar - O'zbekiston (1:1, 3:2-p) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Markes Lopes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Janob murabbiy, o'yindan oldin O'zbekiston terma jamoasining kuchsiz jihatlari so'ralganda hozir aytsam rejalarim ochilib qoladi degandingiz. Bugun siz g'alaba qozondingiz, hozir O'zbekiston terma jamoasining zaif nuqtalari haqida gapira olasizmi, umuman o'yinga qanday reja bilan tushgandingiz?

- O'zbekiston terma jamoasini yaxshi tahlil qilgandik. Ularning qaysi jihatlarda kuchli ekanligini juda yaxshi bilardik. Kamchiliklar haqida gapirsak, o'yindan oldin aniq rejaga tayangandik. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining oldindagi ikki nafar o'yinchisi juda tezkor (Oston O'runov va Abbos Fayzullaev - Championat.Asia) edi va ularni yopishimiz talab etilardi. Agar shu ikki o'yinchi neytrallashtirilsa g'alaba bizniki bo'lishini bilardik. Maqsadimiz aynan shu edi va buni uddaladik. O'yinning boshida gol urib oldik, keyin esa asabiylashganimiz sababli o'yinimiz sifati tushib ketdi, ikkinchi bo'limda esa to'p o'tkazib yubordik. Ammo, o'yinni oxirigacha olib borib yakunda penaltilar seriyasida g'alaba qozondik.


Markes Lopes ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani tez orada saytimiz orqali e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia