So’nggi yangiliklar

15:31"Интер Майами" Неймарга қизиқмоқда. Бразилиялик футболчи "Барса"да Месси ва Суарес билан ўйнаган  1 14:49"Ал Аҳли" Винисиус учун "Реал"га 300 млн фунт тўлашга тайёр  1 13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  1 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  2 12:32"Манчестер Юнайтед" "Реал" ярим ҳимоячисига эътибор қаратди  2 12:02Кевин Амаро: "Ўзбекистон - биз учун сирли жамоа"  2 11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  3 10:30Marca нашри "Реал Мадрид"нинг шорт-листидан ўрин олган уч нафар ҳимоячи номини эълон қилди  2 10:02Футзал. "Сурхон" ва "Нефтчи"да мағлубият. "Бунёдкор" рақибига 8 та гол урди  0 09:33"Олтин тўп" соҳиби: "МЮ - футболчилар қабристонига айланиб қолди"  3 09:05"Реал Мадрид" юлдузи ҳам жароҳат олди  4 08:36"Барселона" футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  5 08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  7 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  4

Markaziy uchrashuvda g'alaba qozongan murabbiy, dubl qayd etgan futbolchi va Do'stlik darvozaboni - Pro liga 13-tur laureatlari Yangiliklar

Markaziy uchrashuvda g'alaba qozongan murabbiy, dubl qayd etgan futbolchi va Do'stlik darvozaboni - Pro liga 13-tur laureatlari

Pro liganing 13-turi ortda qoldi.

Biz esa o'z odatimizga ko'ra tur laureatlarini elon qilamiz.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi darvozaboni — Jamoliddin Hikmatov («Do'stlik»)

«Do'stlik» bu tur o'z uyida «Qo'qon-1912» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda Hikmatov o'z darvozasidan gol olib chiqqan bo'lishiga qaramasdan, bahs davomida bir necha bor muhim vaziyatlarda jamoasini goldan qutqarib qoldi. Uning say-harakatlari bilan ushbu turda «Do'stlik» o'zi uchun muhim bo'lgan bir ochkoni qo'lga kiritdi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi futbolchisi — Nodirbek Mukarov («SHo'rtan»)

Turning qiziqarli uchrashuvlaridan biri G'uzor shahrida bo'lib o'tdi. Unda «SHo'rtan» o'z uyida «Olimpik-Mobiuz»ni yirik hisobda mag'lub etdi. Ushbu bahsda mezbonlar safida Nodirbek Mukarov dubl qayd etishga erishdi. G'uzorliklar yarim himoyachisi gollardan tashqari uchrashuv davomida o'zining foydali harakatlari bilan ham ajralib turdi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi — Ulug'bek Bakaev («Buxoro»)


Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda bo'lib o'tdi va unda «Buxoro» «Aral»ni mehmon qildi. Uchrashuvning boshidan boshlab buxoroliklar ustunlikka erishdi va raqiblarini yirik 3:0 hisobida taslim etishni uddaladi. Buxoroliklarning ushbu bahsdagi ajoyib o'yin ko'rsatishlarida jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaevning o'rni katta va shu sababli «Buxoro» ustozi Pro liga 13-turning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика