So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

"Markaziy" stadiondan: "Navbahor" muxlislarining iltimosi va jurnalistlarning etirozi Yangiliklar

"Markaziy" stadiondan: "Navbahor" muxlislarining iltimosi va jurnalistlarning etirozi

O'zbekiston hamda Gana terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi boshlanishi oz fursat qoldi.

Mazkur o'yin atrofidagi tafsilotlarni yoritish uchun "Championat.asia" ijodkorlari ham Namanganga tashrif buyurishgan. Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida o'yinga qadar "Markaziy" stadion atrofida "Ko'chadagi kamera" loyihasining navbatdagi sonini tasvirga oldik. Ushbu dasturni kuzatganlarning xabari bor, xalqimizning futbol haqidagi fikrlarini bilish maqsadida odamlarga mikrofon tutamiz. Bugun ham shunday bo'ldi. Etiborli jihati, namanganlik jonkuyar ishqibozlarning aksari terma jamoaning rasmiy o'yinlari ham "Markaziy" stadionda o'tkazishilishini istayapti. Ular o'yingohning to'lishiga kafolat berishmoqda... 

Tushdan keyin o'yingoh atrofida yig'ila boshlagan muxlislar asta-sekin stadionga kirib kelishyapti. Xullas, hammaning kayfiyati yuqori, Namangan xalqi terma jamoaning o'yinini bayramdek qarshilamoqda. Biroz avval ular bilan suhbatlashganimizda mazkur arenada o'tkaziladigan o'yinlarga kirish uchun chipta narxidan noliganlar ham, teskari fikr bildirganlar ham bo'ldi. SHunday bo'lishiga qaramay, "Markaziy" o'yingohni doimiy ravishda to'ldiradigan muxlislarga tashakkur! 



Stadiondagi muhit ajoyib, haqiqiy futbol atmosferasini his qilish mumkin. Lekin, uchrashuv atrofidagi voqealarni yoritish uchun o'yinga tashrif buyurgan bir qator sport jurnalistlarining ahvoliga havas qilib bo'lmaydi. SHaxsan o'zim "Navbahor" jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan o'yingohga birinchi bor tashrif buyurdim va OAV uchun yaratilgan sharoitlar meni hayron qoldirdi. Butun boshli stadionda jurnalistlar uchun mo'ljallangan media-tribunaning o'zi yo'q ekan. Bizga muxlislar o'tirgan sektordan joy qilib berishdi. Ochig'i, oldimizda o'tirgan muxlislar o'rnidan turib olsa, o'yinni matnli tarzda onlayn translyaciya qilish tugul, maydonni ko'rishning iloji yo'q. Stadion mamuriyati kelasi o'yinlarda ushbu holatga etibor qilishlarini so'rab qolardik. Har holda professional klublarimiz o'z o'yinlarini o'tkazadigan arenalarda futbol targ'ibotchilari bo'lgan jurnalistlar uchun eng oddiy sharoitlarning yo'qligi kishini xafa qiladi.

Mayli, amallashga harakat qilamiz. Maroqli tomosha!

Muallif :
Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика