So’nggi yangiliklar

19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

Markaziy Osiyo. "Ordabasi" kubokda yutqazdi, "Alay" durang o'ynadi, "Arkadag'" esa yangi stadionga ko'chdi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. "Ordabasi" kubokda yutqazdi, "Alay" durang o'ynadi, "Arkadag'" esa yangi stadionga ko'chdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Qozog'iston

O'zbekistonlik futbolchilar 

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - SHahboz Umarov


Qozog'istonda kubok yarim finalining dastlabki bahslari hamda chempionatning 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'zbekistonlik ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan "Ordabasi" klubi dastlab kubok yarim finalining dastlabki uchrashuvida "Astana" 0:1 hisobda yutqazdi. Umarov bahsni asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, Abdixoliqov 64-daqiqada uning o'rnini egalladi. Ikkinchi o'yinda esa Igor Sergeevning sobiq klubi "Tobol" "Atirau"ni shu hisobida engdi. Javob bahslari 8 iyul kuni o'tkaziladi.

"Astana" -"Ordabasi" 1:0

Gol: Ivanovich (73).

"Astana": Zaruckiy, Aroyan, Astanov (Ourega, 68), Basmanov (Ivanovich, 68), Beysebekov, Darabaev (Ebong, 46), Darbo, Dosmagambetov, Yovanchich, Oganesyan, Prokopenko (Jaksilikov, 75).

"Ordabasi": SHaizada, Matich, Astanov (Suyumbaev, 81), Auro (Jaksilikov, 86), Vasilev, Erlanov, Jorjino (Sadovski, 64), Maliy, Mboj, Tungishbaev (Fedin, 81), Umarov (Abdixoliqov, 64).

Ogohlantirishlar: Dosmagambetov (21), Darabaev (36), Astanov (59), Abdixoliqov (83).

SHuningdek, mamlakatda chempionatning 14-tur uchrashuvlari o'tkazildi. "Ordabasi" "Aqsu"ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Turnir jadvalida "Astana" 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ulardan ikkita kam o'yin o'tkazgan holda uch ochko ortda qolayotgan "Ordabasi" 2-o'rinda bormoqda. 

15-tur uchrashuvlari 15–16 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Undan avval esa evrokuboklarning dastlabki saralash bahslari o'tkaziladi.

15 iyul (shanba)

Maqtaaral-Qaysar

Oqjetpes-Qayrat

Atirau-Ordabasi

SHaxtyor-Aqtobe

16 iyul (yakshanba)

Qiziljar-Tobol

Kaspiy-Jetisu

Qirg'iz Respublikasi

O'zbekistonlik futbolchilar 

Alay - Islom Abdullaev 

Alay - Javohir Sohibov 

Alay - Abdulaziz Yusupov 

Dordoy - Kemran Najafaliev

Qora Bolta - Muhriddin Ahmedov

Neftchi Qo'chqor Ota - Azamat Ahmedov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Muhammadali Tursunov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Dostonjon Rashidov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Otabek Haydarov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Javohir Rasulov 

Talant - Muhammadqodir Rahimberganov 

Oshmu Aldier - Abdulbori Vositjonov 

Oshmu Aldier - Akrom Xodjaev

Oshmu Aldier - Maradona Safarov

Oshmu Aldier - Po'latjon SHaripov 

Oshmu Aldier - Muhammadali Ashurov

Oshmu Aldier - Aburahmon Abdulhaqov 

Oshmu Aldier - Elnur Turg'unov 

Oshmu Aldier - Akmaljon Yuldashev


Mamlakat chempionatining 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Talant" 1:2 "Muras Yunayted"

"Ilbirs" 3:0 "OshMU-Aldier"

"Abdish-Ata" 7:0 "Kara-Balta"

"Alay" 2:1 "Dordoy"

"Neftchi" 1:0 "Alga"

To'purarlar jadvalida "Abdish-Ata" forvardi Emmanuel Yagr, "Dordoy" hujumchisi Danin Talovich hamda "Alga" futbolchisi Anton Zemlyanuxin 7 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Assistentlar bo'yicha esa "Abdish-Ata" o'yinchisi Atay Jumashev 9 ta golli uzatma bilan yakka etakchi bo'lib turibdi.

CHempionatning 15-tur uchrashuvlari 1 iyul kuni start oldi. Unda peshqadam "Alay" o'z maydonida "Alga" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bu haqda keyingi sonimizda batafsilroq malumot beramiz. Bugun va erta qolgan o'yinlar o'tkaziladi.

Tojikiston

O'zbekistonlik futbolchilar

Xo'jand - Xushnudbek Bozorov 

Xatlon  - Rustam Qo'chqorov

Fayzkand -  Zufardjon Akbaraliev

Esxata - Olimjon Karimov

Esxata - Sanjar Rixsiboev

Xosilot - Temur Mamatmurodov

Ko'ktosh - Temur Masharipov

Ko'ktosh - Muxiddin Odilov

Mamlakat chempionatining qoldirilgan 5-tur doirasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Ravshan» – «Regar-TadAZ» – 3:1

«Ko'ktosh» – CSKA – 1:0

«Esxata» – «Istiqlol» – 0:3

«Hosilot» – «Xo'jand» – 1:2

«Fayzqand» – «Xatlon» – 2:0

To'purarlar: Manuchehr Jalilov («Istiqlol») – 9 ta, Alisher Jalilov («Istiqlol»), SHavkati Hotam («Fayzqand»), Azizbek Sultonov («Ko'ktosh») – 7 tadan, Ehsoni Panjshanbe («Istiqlol») – 6 ta, Baxtiyor Zaripov («Esxata»), Alisher SHukurov («Ko'ktosh») – 5 tadan.

SHu bilan jamoalar tanaffusga yo'l olishadi. 29–30 iyul kunlari kubokning 1/8 final bahslari o'tkaziladi. CHempionat doirasida 15-tur o'yinlari esa 3–4 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Turkmaniston

Turkmanistonda mamlakat chempionati boshlanmasidan ilgari turnir g'olibi sifatida taxmin qilingan "Arkadag'" yangi ochilgan Arkadag' shahridagi yangi stadionda dastlabki uchrashuvini o'tkazib, "Ahal"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. 

8-turdan keyin "Arkadag'" ochko yo'qotmagan holda peshqadam bo'lib turibdi. Ulardan 7 ochko kam jamg'argan "Altin-Asir" ikkinchi o'rinda bormoqda.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика