So’nggi yangiliklar

07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  31 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  2 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  13 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  8 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  2 22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  2 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  25 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  3 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  4 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  16

Markaziy Osiyo chempionatlari. "Ordabasi"ning ishlari o'xshamadi, Tojikistonda tur o'yinlari qoldirildi, "Arkadag'"dan g'alabali debyut Yangiliklar

Markaziy Osiyo chempionatlari. "Ordabasi"ning ishlari o'xshamadi, Tojikistonda tur o'yinlari qoldirildi, "Arkadag'"dan g'alabali debyut

Hafta davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

Qardosh mintaqalarda kubok va chempionatning navbatdagi tur bahslari o'tkazildi. Faqatgina Tojikistonda tur o'yinlari Ramazon hayiti munosabati bilan ortga surildi. Quyida mazkur uchrashuvlar bilan tanishamiz.


Qozog'iston

O'zbekistonlik futbolchilar

"Tobol" - Igor Sergeev

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - SHahboz Umarov

Qozog'istonda chempionatning 7-tur bahslari bilan bir qatorda kubok bahslari ham o'tkazildi. 19 aprel sanasida o'tkazilgan 1/8 final doirasidagi "Ordabasi" – "Maqtaaral" uchrashuvida mezbonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi, biroq uning goli jamoasi yordam bera olmadi — "Maqtaaral" safarda 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvning 66-daqiqasida mezbonlar safida yana bir o'zbek legioneri SHahboz Umarov aynan Abdixoliqov o'rniga maydonga tushirildi. 

"Tobol" esa "Aqsu" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev 57-daqiqada o'yinga qo'shildi. 

29-30 aprel kunlari nimchorak finalning javob o'yinlari o'tkaziladi.

Qozog'iston chempionatining 7-turida esa gol urish navbati Sergeevga etib keldi. "Aqtobe"ni o'z maydonida qabul qilgan "Tobol" 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Etiborli jihati, mezbonlar tarkibidagi ikkala golga ham Igor Sergeev mualliflik qildi. 

"Ordabasi" ham "Qayrat"ga qarshi bahsda xuddi shu natijaga erishdi. Kubok bahsidagi rokirovka bu safar teskarisiga amalga oshirildi, yani uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan SHahboz Umarov 64-daqiqada o'z o'rnini Bobir Abdixoliqovga bo'shatib berdi.

"Qiziljar" mazkur turda ochko yo'qotgan bo'lsa ham peshqadamlikni saqlab turibdi. Durang natijalardan so'ng "Ordabasi" bir pog'ona pastlagan bo'lsa, "Tobol" bir pog'ona yuqoriladi.

To'purarlar jadvalida "Aqtobe" hujumchisi Joao PAULO 6 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. 4 ta to'p kiritgan Igor Sergeev esa yaqin taqibchilar qatorida bormoqda.


Qirg'iziston

O'zbekistonlik futbolchilar 

Alay - Islom Abdullaev 

Alay - Javohir Sohibov 

Alay - Abdulaziz Yusupov 

Dordoy - Kemran Najafaliev

Qora Bolta - Muhriddin Ahmedov

Neftchi Qo'chqor Ota - Azamat Ahmedov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Muhammadali Tursunov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Dostonjon Rashidov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Otabek Haydarov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Javohir Rasulov 

Talant - Muhammadqodir Rahimberganov 

Oshmu Aldier - Abdulbori Vositjonov 

Oshmu Aldier - Akrom Xodjaev

Oshmu Aldier - Maradona Safarov

Oshmu Aldier - Po'latjon SHaripov 

Oshmu Aldier - Muhammadali Ashurov

Oshmu Aldier - Aburahmon Abdulhaqov 

Oshmu Aldier - Elnur Turg'unov 

Oshmu Aldier - Akmaljon Yuldashev

Qirg'izistonda kubok o'yinlarining 1/8 va 1/4 final bosqichlariga qura tashlandi. Unga ko'ra, klublar shimol va janub zonasiga ajratildi. SHimol zonasida nimchorak final bahslari 12 may kuni boshlansa, janub zonasida chorak final o'yinlari 21 may sanasida start oladi. 

CHempionatda esa 5-tur bahslari o'tkazildi. Bugun o'tkaziladigan "Muras Yunayted" — "Ilvirs" uchrashuvi bilan tur yakuniga etadi. Mazkur turda ochko yo'qotganiga qaramasdan, "Abdish-Ata" 11 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda. Bir ochko kam jamg'argan "Alay" esa uni taqib etmoqda. Keyingi tur uchrashuvlari 27-29 aprel kunlari o'tkaziladi. 


Tojikiston

O'zbekistonlik futbolchilar

Xo'jand - Xushnudbek Bozorov 

Xatlon  - Rustam Qo'chqorov

Fayzkand -  Zufardjon Akbaraliev

Esxata - Olimdjon Karimov

Esxata - Sanjar Rixsiboev

Xosilot - Temur Mamatmurodov

Kuktosh - Temur Masharipov

Kuktosh - Muxiddin Odilov

Kuktosh bosh murabbiyi - Abdujabbor Marufaliev

Tojikiston chempionatining 5-tur o'yinlari Ramazon hayiti munosabati bilan zaxiraga kunlariga ko'chirildi va 28-30 iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Taqvimga ko'ra, chempionatning oltinchi tur o'yinlari 25 va 26 aprel kunlari bo'lib o'tadi.


Turkmaniston

Turkmanistonda chempionatning 2-tur bahslari hamda kubok o'yinlari o'tkazildi. 22 aprel kuni Turkmaniston kubogi saralash bosqichining ilk uchrashuvida yangi tashkil etilgan “Arkadag'” futbol klubi Maryam shahrining “Energetik” jamoasi bilan uchrashdi. “Nusay” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 4:0 hisobida "Arkadag'"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 2 may kuni bo'lib o'tadi. Kubokning chorak final bosqichidagi qarama-qarshilik g'olibi poytaxtning “Kopetdog'” klubi bilan to'qnash keladi.

SHuningdek, "Arkadag'" chempionatdagi debyutini ham g'alaba bilan boshladi. 

Turnir jadvalida “Kopetdog'” 2 o'yindan so'ng 6 ochko jamg'aragan holda etakchilik qilmoqda. 3-tur bahslari  25 aprel sanasida o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика