Mark Xyuz - Sautgempton bosh murabbiyi FOTO
15 mar 2018 08:20
Yangiliklar
Mark Xyuz - Sautgempton bosh murabbiyi FOTO
Sautgempton Mark Xyuz bilan mavsum oxirga qadar shartnoma tuzdi.
54 yoshli uelslik murabbiy dushanba kuni istefoga chiqarilgan Maurisio Pellegrinoning o'rnini egalladi. 30ta turdan so'ng «Sautgempton» APL musobaqa jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
Xyuzning so'nggi ish joyi «Stok Siti» bo'lgandi, yanvar oyida uni istefoga chiqarishgandi. Bunga qadar murabbiy KPR, «Fulxem», «Manchester Siti», «Blekbern» va Uels terma jamoasini boshqargan.
Xyuz hujumchi sifatida 1998-2000 yillarda «Sautgempton» safida 60ta o'yin o'tkazgan..

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar