So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   5 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Mario Balotelli: Oltin to'pni yutaman baribir Yangiliklar

Mario Balotelli: Oltin to'pni yutaman baribir

Zamonaviy futbolning eng bezori yigiti, Liverpul hujumchisi Mario Balotelli oxirgi vaqtlarda o'yin bobida o'sishdan to'xtab qolganini tan oladi.

SuperMario shuning barobarida hali hammasini to'g'rilashi va bildirilgan ishonchni to'liq oqlay olishiga zarracha shubhalanmaydi.

Ajoyib lahza tamg'asi - italiyalik hujumchi uyiga kiraverishda ko'zingiz birinchi bo'lib, uning o'ziga xos tashrif qog'ozchasiga aylangan bir suratga tushadi. Ha, adashmadingiz, bu Marioning chinakam bodobilder qiyofasidagi fotosi. Aniqroq aytsak, Evro-2012 yarim finali doirasidagi bahsda Germaniya terma jamoasi darvozasiga yo'llagan ikkinchi golidan keyingi holatining tamg'asi. Bu suratda yuz ko'rinishim asl qiyofamga uncha o'xshamaydi, - kuladi Mario. Aynan shu surat osilgan devorda bejirim ramkaga solingan yana bir narsa osig'lik turadi - futbolchining Italiya fuqarosi ekanligi xususidagi dalolatnoma.  Varshava. 2012 yil 28 iyun. Italiya termasi Evro-2012 bosh favoriti sanalgan bundestimni ajoyib tarzda engib, uni finalda o'ynashdan mahrum qildi. O'sha o'yinda qayd etilgan 2:1 hisobi Mario Balotellining ajoyib harakatlari va 2ta goli tufayli yuzaga kelgandi (taqdirni qarang, nemislar Evro-2016dan ham shunga o'xshash tarzda chiqib ketishdi, faqat bu safar Yoaxim Lyov jamoasini boshqalar jazolashdi - francuzlar va Balotelli kabi Manuel Noyerni 2ta gol bilan siylagan Antuan Grizmann). Ichki tuyg'umga ishonib adashmadim - to'pni kuch bilan darvozaga tepdim. Zero, bu vaqtda golkiper zarba qanday berilganini ham ko'rmagandi, - deya ikkinchi golini izohlagan Balotelli o'shanda atigi 21 yoshli yigitcha edi. Ochig'i, uni oldinda o'ta yorqin kelajak kutayotgan va butun futbol olami oyoqlari ostidadek tuyulgani ham rost. Deylik, Time jurnali o'z muqovasini Marioga ajratib, uni dunyodagi eng tasiri kuchli 100 kishi ro'yxatiga kiritgandi. Ammo keyin...


- Mario, ortda qolgan vaqtda nima bo'ldi? Mana, Italiya termasi Evro-2016da yana nemislar bilan o'ynadi, siz esa maydonda bosh rolni o'ynash o'rniga uchrashuvni TV orqali tomosha qildingiz...

- Nima ro'y berdi? Men shunchaki, 2 yilni yo'qotdim. Fiziologik muammolar, boshqa tashvishlar... Bu vaqtdagi Mario o'zim emasdim. Antonio Konte Evro-2016ga boshqa futbolchilarni olib borib, to'g'ri yo'l tutdi. Uning o'rnida men bo'lganimda ham, xuddi shunday qilardim.

- O'zi Franciyaga boradigan tarkibdan chetda qolishingiz mumkinligini tasavvur eta olganmidingiz?


- Albatta, aynan shunday bo'lishidan cho'chib turgandim. Biroq bu vaziyat taqozosi va qandaydir etirozga o'rin yo'q. To'g'ri, odamlar ko'chada meni to'xtatib, so'z qotishdi: Konte aslida salohiyatingga ishonishi kerak edi. Biroq ularga haqqoniy javob berdim: Haqiqiy Balotelli nafaqat Konte yoki Ventura, balki duch kelganini jamoaga naf bera olishiga ishontira olardi. Hozirgisi esa bunday qilolmaydi. Afsuski, bu haqiqat.

- Qizig'i, shu kunlarda Marioning chinakam zafari aks etgan surat butun dunyoga qayta tarqaldi.


- Men ham uni abadiy saqlab qolganman, ammo faqat ermak uchun. CHunonchi, o'tgan ishlar haqidagi gaplar birozgina g'azabimni qo'zg'ayapti. Axir faoliyatimni hali tugatganim yo'q-ku. Ikkinchi tomondan, barchasini tushunaman: omma o'sha vaziyatdan chinakamiga hayratlangan. Bolalarning menga taqlid qilayotganlarini ko'rish ham yoqimli.

- Endi sirni ochsangiz - golni shunday nishonlash g'oyasi qanday tug'ilgandi?


- Rosti, buni o'zim ham bilmayman. Esimda, Adriano bilan gaplashganimizda, u ancha vazn yo'qotganimni aytgandi. Ehtimol, unga uncha ramaqi va nimjon emasligimni ko'rsatib qo'yishni istagandirman...

- Ko'rinishidan, sizda qarama-qarshi yondashuv ruhi azaldan kuchli bo'lgan, shundaymi?


- Ha, doimo. Deylik, shaxsiy agentim - Mino Rayola nimadir qilishimni istasa, mendan uning mutlaqo aksini talab etadi.

- Yana o'sha gollarga qaytamiz: betakror dubldan so'ng suratingiz Time jurnali muqovasini bezagandi.


- Ochiq aytsam, aslida o'zimga qolsa, o'sha intervyuni bermasdim. Biroq Rayola qo'ng'iroq qilib, ko'ndirishga urindi. SHunda etiroz bildirdim: Mino, axir men hattoki, Time nima ekanligini ham bilmayman-ku. Ozgina fursat o'tib, u qayta aloqaga chiqdi va o'dag'ayladi: Nima balo, aqlingni yo'qotdingmi?! Agar rozi bo'lsang, bu jurnal muqovasiga chiqqan birinchi futbolchiga aylanasan.... Xullas, Rayola nimani nazarda tutganini vaqt o'tishi bilangina tushundim.

- Darhaqiqat, o'sha payt sizdan haddan ziyod ko'p narsa kutishganmidi?


- Yo'q, unchalik emas. Zero, qo'limdan katta ishlar kelishini yaxshi bilaman, faqat avvalgi holatga qaytishim uchun vaqt zarur. Agar o'yinimni 10 ballik shkalada baholasak, 5da to'xtab qoldim. Sekin-astalik bilan bo'lsa-da, hali 10 ballga munosib ekanligimni isbotlayman, albatta. Bunday dadil gapirishimning boisi shuki, yuksaklikka ko'tarilishni, avvalo, o'zim istayapman. Xususan, ertami-kech Oltin to'pni yutishimga ham ishonaman. To'g'ri, tushunaman, faoliyatimning oltinga teng 2 yilini yo'qotdim. Aslida bu vaqt davomida 10 ball darajasiga ancha yaqinlashishim kerak edi. Demakki, shu 2 yilda baho tizimida 5 ball yo'qotdim. Endi boy berilgan vaqt o'rnini to'ldirish uchun ikki hissa ishlashim zarur.


- Oltin to'p? Bu sovrin ancha balandda, biroq maqsad...

- Ha, bilaman, Oltin to'pni yutish haqidagi gaplarim odamlarga kulguli tuyulishi mumkin. Lekin hozirgacha dunyo bo'yicha eng yaxshi futbolchi bo'lish yo'lida barcha zaruriy choralarni amalga oshirganimcha yo'q. Muhimi, buni o'zim tushundim va maqsad sari intilish uchun hali kech emas. So'z beraman, faoliyatim yakunida jahon futbolida birinchi o'ringa chiqish uchun bor mahoratimni ishga solmaganimni aytib, afsuslanishimga hojat qolmaydi.

- Xo'sh, o'z iqtidoringizdan maksimal darajada foydalanish uchun nima qilmoqchisiz?


- Ikki yil oldin umumiy holatimdan qoniqayotgandim. Yani hammasi yaxshi ketayotgandi. Zero, futbol bobida malum darajada parvoz qildim va bundan xursand edim. Xullas, yanada kuchayish haqida bosh qotirmadim, shu saviyam etarli, deb o'yladim. Mana, endi o'z ustimda jiddiy ishlay boshladim, biroq natija hali kelgani yo'q. Demak, sabr qilaman. Ehtimol, avvalgi  23 yillik beparvolik jabrini chekayotgandirman. Fakt shuki, oxirgi 2 yilda ko'p narsa o'zgardi.

- Balki barchasiga o'sha futbolkadagi Nega doim men? yozuvi sababdir...


- Yo'q, bu shunchaki, hazil edi.

- Qiziq, kimdir bu savolingizga javob berdimi?


- Hech qachon. Ochig'i, bunday katta etiborga munosib emasman, deb o'ylayman. Maqsadim oddiy: boshqalarga o'xshash futbolchi bo'lmoqchiman. Agar ozgina aqlliroq o'ynasam, zarari yo'q.

- Haqiqiy Mario Balotelli -  u qanday?


- Mario - futbolchi. Balotelli obrazi esa boshqa masala.

- Aniqroq gapirsangiz...


- Balotelli - bu gazetalar tomonidan yaratilgan obraz: kuladi-kulmaydi, yaxshi o'ynaydi, penaltini ko'kka sovuradi, goldan quvonmaydi va hokazo. CHetdan qaraganda, Balotelli siymosi shunday.

- Mario-chi?


- Mario - 25 yoshli yigit va u odatiy tarzda umrguzaronlik qilolmaydi. Lekin bunga harakat qiladi: imkoniyatiga qarab, vaqtini qizchasi, yaqinlari, do'stlari va oilasi bilan o'tkazadi, yana PlayStation o'yiniga berilishi mumkin.

- Imkoniyat qancha katta bo'lsa, masuliyat shuncha oshadi. Bu Spaydermen fikri. Sizga odatda SuperMario, deb tarif berishadi. Bunga munosabatingiz qanday?


- Masuliyat tushunchasi o'yinchidan ko'ra, shaxsga daxldorroqdir. Men maydonga tushaman va gollar urishim kerak - bu majburiyat. Masuliyat esa yurish-turish, xatti-harakatga bog'liq so'z. Bu borada ham harakatim bor, albatta.

- Otalik roli yoqyaptimi?


- Ajoyib. Bor vaqtimni Piya (qizchasi) bilan o'tkazishimning iloji yo'q, ammo u deylik, kun bo'yi men bilan bo'lsa, o'zimni dunyodagi eng baxtiyor kishidek his etaman.

- Piyaning onasi - Raffaella Fiko bilan munosabatlaringiz qanday?


- Muammolar haqida oldinroq gapirgandim. Ularni takrorlashdan mano yo'q.

- Nima, janjallar va kelishmovchilik davom etyaptimi?


- U pul talab qilyapti, vaholanki, bir chaqa olishga haqqi yo'q. Boz ustiga, qizim bilan faqat o'z oldida uchrashishimni xohlayapti. 2 yil oldin sudda bu talab asossiz ekanligini tasdiqlashdi. Xullas, otam hayotlik chog'i Piyani loaqal bir marta ko'rishi uchun suddan maxsus ruxsatnoma olishimga to'g'ri keldi. CHunki Raffaella bunga qatiyan qarshilik qilgandi.

- Endi irqchilik haqida: sizni qora tanli ekanligingiz uchun ranjitishga urinishadimi yoki familiyangiz Balotelli bo'lgani bois?


- Ayrimlar birinchi sabab, boshqalar esa ikkinchisi tufayli.

- Italyanlar irqchimilar?


- 2 yil oldim agentimga qo'ng'iroq qilib, shunday dedim: Mino, Italiya termasida ortiq o'ynashni istamayman. Bu noto'g'ri yondashuv edi. Axir Italiyada tug'ilganman, shu erda o'sib-ulg'aydim. Ganada esa biror marta bo'lgan emasman. Ehtimol, qachondir bu mamlakatga borarman, ammo qonun bo'yicha italiyalikman. Uyim devoriga osib qo'yilgan sertifikatni olaylik. Bundan maqsadim nima? Istagim bitta: meni haqoratlaydiganlar, qora tanli kishi italiyalik bo'lolmasligini aytadiganlar loaqal shu dalolatnomani etiborga olishsin. Muhimi, hozir bazi ahmoqlarning gaplari Italiya termasidan voz kechishimga arzimasligini yaxshi tushunaman.

- Aytishlaricha, bolaligingiz juda og'ir o'tgan ekan.


- Hech kim mening tariximni to'liq bilmaydi. Albatta, bolalik davrim engil bo'lmagan.


- Qora tanli bolakay uchun Breshiada yashash og'irlik qilmaganmi?

- Avvaliga rosa qiynalganman. Lekin vaqt o'tishi bilan barchasi izga tushgan. Bunda futbol o'ynashim qo'l kelgan. CHunki hamma meni o'z jamoasida ko'rishni istardi.

- Murabbiylarga munosabatingiz haqida ham to'xtalsak...


- Har biriga hurmat bilan qarayman. Bu masalada hech qanday muammo yo'q. Hattoki, klublar prezidentlari  - Moratti, Berluskoni va boshqalar bilan ham munosabatim juda zo'r. To'g'ri, birgina Brendan Rojers bilan sira kelisholmadim.

- Roberto Manchiniga tashlanganingiz-chi?


- Eh, o'shanda 19 yoshli bebosh edim. Jamoadoshim bilan to'qnashib ketganimdan so'ng Manchini itarib yubordi va dashnom berdi: Ey, bunaqada sherigingga jarohat etkazasan-ku. Bor gap shu. Ushbu voqea juma kuni ro'y bergan bo'lsa, shanba oqshomi boshlang'ich tarkibda maydonga tushganman.

- Mourino bilan ham mojaroga borgandingiz...


- U shou ixlosmandi. O'shanda Joze aslida men haqimda qayg'urgan. U jahlimni chiqarishni xush ko'rardi, chunki g'azabim qo'zisa, maydonda ko'p naf keltirishimni bilardi. Umuman, Mourino bilan hamkorlik davriga bog'liq bittagina armonim bor: u meni CHL finalida maydonga tushirmadi. Afsus, agar imkon berganida, gol urardim, buni ich-ichimdan sezib turgandim.

- Yangi mavsumda qaerda o'ynaysiz?


- Umid qilamanki, Liverpulda, to'g'rirog'i, Liverpulda.

- Milan-chi?


- Klub mendan voz kechishga qaror qildi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, bir narsaga shubha qilmang: Mario tez orada katta sahnaga qaytadi!


H. MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика