Marian SHuts: "Italiya - Eriksen o'ynashi mumkin bo'lmagan yagona davlat"
20 dek 2021 01:26
Yangiliklar
Marian SHuts: "Italiya - Eriksen o'ynashi mumkin bo'lmagan yagona davlat"
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenning agenti Martin SHuts futbolchi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Kristian mashg'ulotlarni Milanda davom ettirmoqchi, u erda oilasi istiqomat qiladi, biroq Italiya Eriksen o'ynashi mumkin bo'lmagan yagona davlatdir. Unga hatto sport zaliga borishga ham ruxsat berilmagan, lekin u o'zini juda yaxshi his qilmoqda, jismoniy mashg'ulotlarda ajoyib ko'rsatkichga ega. Allaqachon to'rtta klub Eriksen bilan bog'liq vaziyat haqida malumot so'rashgan. Ular orasida Daniya klubi borligini tasdiqlay olaman", - deydi SHuts.
Eslatib o'tamiz, 17 dekabr kuni "Inter" Eriksen jamoani tark etishini elon qilgandi. Kristianga kardioverter-defibrillyator o'rnatilgan, bu esa unga Italiya chempionatida ishtirok etishni taqiqlaydi.
Fikrlar