Marat Miftaxutdinov: "Qura "Bunyodkor" uchun yaxshi keldi"
20 fev 2021 20:35
Yangiliklar


Marat Miftaxutdinov: "Qura "Bunyodkor" uchun yaxshi keldi"
Coca Cola Superliga-2021 mavsumiga qura tashlash marosimidan so'ng "Bunyodkor" jamoasi murabbiyi Marat Miftaxutdinov "Championat.asia" saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.
"CHempionatni "Mashal"ga qarshi bahs bilan boshlaydigan bo'ldik. Qura bizga dastlabki turlarda teng kuchli jamoalarni taqdim qildi. Umuman olganda qura biz uchun yaxshi keldi, deya olaman. O'tgan mavsumda ketma-ket kuchli raqiblar bilan o'ynagandik.
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ngildagidek ketmoqda. Kuniga ikki maxaldan qatiy reja asosida mashg'ulotlar olib borilmoqda.
"Mashal" yaxshi jamoa. Ular bilan qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidan o'rin olgan nazorat uchrashuvida o'ynadik. Lekin, rasmiy o'yin nazorat uchrashuvidan farq qiladi", - deydi Marat Miftaxutdinov.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar