So’nggi yangiliklar

20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  0 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  2 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   9 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7

Marat Bikmaevdan qoyilmaqom natija Yangiliklar

Marat Bikmaevdan qoyilmaqom natija

Qishki transfer oynasida "Lokomotiv" safida ketma-ket uch yil chempionga aylangan Marat Bikmaev erkin agent sifatida "Paxtakor"ga ko'chib o'tgandi.

Bikmaev o'zining qadrdon jamoasiga qaytgach tezda asosiy hujumchiga aylandi. Marat Bikmaev hozirga qadar "Paxtakor" o'tkazgan barcha o'yinlarda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va har uchala bahsda ham o'z nomini tabloda yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Dastlab OCHL saralash bosqichi doirasidagi Iroqning "Eyr Fors"ga qarshi uchrashuvda jarima zarbasidan qoyilmaqom gol urgandi. Keyinchalik OCHL pley-off doirasidagi Dubayda o'tgan "Al Nasr" bilan bo'lgan o'yinda ham jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgandi. Kuni kecha OCHL guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Persepolis"ga qarshi uchrashuvda ham jamoasi uchun muhim bo'lgan golni urdi. SHu tariqa Marat Bikmaev "Paxtakor"ga qaytgach barcha bahslarda gol urib kelmoqda.

Qayd etish kerakki, Marat Bikmaevning OCHLda kiritgan jami gollari soni 12taga etdi. Futbolchi "Lokomotiv" tarkibida ham OCHL o'yinlarida raqiblari darvozasini 9 marotaba ishg'ol etgan.

Eslatib o'tamiz, Marat Bikmaev Superliga 1-tur doirasidagi o'zining sobiq jamoasi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. Mazkur Toshkent derbisi bo'lishi kerak bo'lgan sana 8-martdan 16-martga kechiktirilgani haqida xabar bergandik.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика