Marat Bikmaev "Paxtakor" muxlislaridan uzr so'radi

Mirjalol Normatov
27 noya 2018, 14:53
"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev kechagi xatti-harakatlaridan uzr so'radi.

- O'zbek futbolining va "Paxtakor" jamoasi muxlislari! Kecha "Paxtakor" jamoasiga urgan golimdan keyingi harakatlarim uchun barchadan uzr so'rayman. Bu aqlsizlik edi, men hech kimni xafa qilishni, xaqoratlashni istamagandim. Futbolda hammasi bo'ladi, hissiyotlar jo'shib ketadi. Juda qizg'in o'tayotgan o'yinda adrenalinni ushlab tura olmadim. Sog'lom odamman va barchasini tushunib turibman. Bahona qilmayman. Sizlardan yana bor kechirim so'rayman.

Umid qilamanki, boshqa bunday qilmayman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/bikmaev