So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  2 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  2 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  21 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1

Marat Bikmaev: "Lokomotiv"dagi eng yaqin do'stim bu - "Lokomotiv" jamoasi" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Lokomotiv"dagi eng yaqin do'stim bu - "Lokomotiv" jamoasi"

Saytimiz orqali "Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev muxlislar tomonidan elektron pochtamizga yo'llangan savollarga javob qaytargani haqida xabar bergandik.
Ammo bazi ishlar bilan bo'lib, savol-javoblarni saytga o'z vaqtida qo'ya olmadik va buning uchun bizni to'g'ri tushunasiz hamda mazur tutasiz degan umiddamiz. Mana endi hechdan ko'ra kecha deganlaridek, savol-javoblarni intervyu shaklida etiboringizga havola qilamiz.



Muxlis savoli: - Vaqti kelib Nukusning "Orol" jamoasidan taklif bo'lsa o'ynarmidingiz? Faqat shuni aytishim kerak, jamoa o'tgan yilning yarmini maoshsiz o'ynadi. Bu holda sizga qiyin bo'lsa kerak?
Bikmaev: - Savol uchun rahmat. Hozirgi kunda "Lokomotiv" bilan shartnomam bor. SHunday ekan, hech qayoqqa keta olmayman. Mabodo kechinchalik shunaqa taklif tushib qolsa, o'ylab ko'rishim mumkin. Lekin ikkinchi tomondan Nukus Toshkentdan ancha uzoq. Mening oilam shu erda, ularni tashlab keta olmasam kerak.

Muxlis savoli: - Futbolchining zarbasi kuchli bo'ladi. Real hayotda, yani futboldan tashqarida shu zarbadan foydalanib ko'rganmisiz?
Bikmaev: - Hozircha ko'chada hech urishmaganman-u, lekin to'g'ri kelib qolsa urishishim mumkin. Hayotda ancha bosiqman. Uncha-bunchaga jahlim chiqmaydi. Agar jahlim chiqadigan bo'lsa, qarab turmayman.

Muxlis savoli: - Xayriya ishlari ham qilib turasizmi?
Bikmaev: - Imkon qadar xayriya ishlari qilib turaman. To'g'risini aytsam, bu muxlisimiz juda yaxshi savol beribdi. O'z vaqtida CHilonzordagi Oqtepa tomonda bolalar uyiga yordam berib turganman. Ammo hozir biroz vaqtim bo'lmayapti. Lekin bo'sh qoldim deguncha albatta bolalar uyiga borib, xayriya ishlarini amalga oshiraman.

Muxlis savoli: - Agar O'zbekiston Kubogidan o'rin olgan "Orol" - "SHo'rtan" uchrashuviga taklif qilsak kelasizmi?
Bikmaev: - Agar oliy ligada tanaffus yuzaga kelib, biz dam oladigan bo'lsak, chaqirishsa borishga harakat qilaman. Lekin o'yin paytiga to'g'ri kelib qolsa, unda borishim mushkul.

Muxlis savoli: - Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar mabodo yutqazib qo'yib o'z klubiga qaytsa, hech xafa bo'lgandek ko'rinmaydi. Siz buni qanday izohlaysiz?
Bikmaev: - Endi odamning xarakteri har xil. Mag'lubiyatni har kim turlicha qabul qiladi. Lekin shuni aytishim mumkin, terma jamoa mag'lubiyatga uchrasa, har bir futbolchi baribir xafa bo'ladi. Ammo kimdir buni sezdiradi, kimdir esa ichiga yutadi.



Muxlis savoli: - Terma jamoada biror futbolchi xato qilsa, uning xatosini yuziga ayta olasizmi?
Bikmaev: - Ayta olaman. SHunga zarur bo'lib qolsa, albatta aytaman. Lekin bunday vakolat avvalo bosh murabbiyda bo'ladi, boshqalarda emas.

Muxlis savoli: - Siz Mirjalol Qosimovning oldiga borib, meni ham terma jamoaga chaqiring, o'zini ko'rsataman deya olasizmi yoki qachon chaqirishsa shunda boraman qabilida ish tutasizmi?
Bikmaev: - Futbolda unaqa narsa yo'q. Yani, hech kim bosh murabbiyning oldiga borib meni chaqiring demaydi. Bu o'rinda men uchun birdan bir imkoniyat klubda o'zimni ko'rsatish. "Lokomotiv" safida ko'proq maydonga tushib, gol urib tursam yana terma jamoaga taklif etishsa ajab emas. Men faqat ishlashda davom etishim kerak.

Muxlis savoli: - Bir intervyungizda O'zbekiston chempionatiga 35 yoshdan keyin qaytaman degandingiz. Lekin o'sha intervyu chiqqanidan so'ng oradan ko'p o'tmay, o'zimizning chempionatga qaytdingiz. Buni qanday izohlaysiz?
Bikmaev: - To'g'ri, intervyuda shu gaplarni aytganman. Ammo jarohat olganimdan so'ng oldingi klubga keragim bo'lmay qoldi. Natijada biroz muddat jamoasiz qolib ketdim. Bu orada "Lokomotiv" meni o'z safiga chorladi va jarohatim bo'lishiga qaramay, shartnoma imzoladi. Buning uchun klubimiz rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiraman. Mana endi hozir yuguryapman, maydonga tushyapman, bularning hammasi "Lokomotiv" bergan imkoniyat tufayli. Kim biladi deysiz, balki jarohat olmaganimda hamon Qozog'istonda o'ynayotgan bo'larmidim.

Muxlis savoli: - Qozog'istonda futbolchi jarohat olsa, klubga keragi bo'lmay qoladimi?
Bikmaev: - U erda faqat men bilan emas, balki ko'pchilik bilan shunday bo'lgan. Mahalliy futbolchi bo'lsa mayli, lekin legioner jarohat olib uzoqroq muddatga safdan chiqadigan bo'lsa, rahbariyat va murabbiylar shtabining darrov boshi qotib qoladi. Qo'pol qilib aytganda, jarohat olgan futbolchining hech kimga keragi bo'lmay qoladi. O'zi futbolning achchiq qoidasi shu ekan: yaxshi o'ynab gol urib tursangiz, hamma sizni maqtaydi, agar jarohat olib ko'zga ko'rinmay qolsangiz, sekin-asta unutishni boshlashadi. Futbolchi kuchli ekanligini har kuni isbotlashib turishi kerak.



Muxlis savoli: - Sizda qanday toifadagi hujumchilar bilan tandem bo'lish yoqadi? Tezligi baland o'yinchi bilanmi yoki texnikasi yuqori hujumchi bilanmi?
Bikmaev: - Menga ko'proq texnikasi yuqori futbolchi bilan o'ynash yoqdi. CHunki texnikasi yaxshi futbolchi qiyin vaziyatda qolgan bo'lishiga qaramay, to'pni bu yoqda "ochiq" turgan sherigiga etkazib bera oladi. Va o'z navbatida menga ham shunday o'yinchilar bilan birga to'p tepish yoqadi.

Muxlis savoli: - "Lokomotiv"da eng yaqin do'stingiz kim?
Bikmaev: - "Lokomotiv"da mening eng yaqin do'stim bu - "Lokomotiv" jamoasi. Xudoga shukr, hamma bilan yaxshi munosabatdaman va hech kimni alohida ajratib ko'rsata olmayman.

Muxlis savoli:
- Toshkentning qaysi tumanida istiqomat qilasiz? SHaxsiy avto mashinangiz rusumi qanaqa?
Bikmaev: - Mirzo Ulug'bek tumanida yashayman. SHaxsiy avto mashinamning rusumi "Lasetti Jentra".

Muxlis savoli: - Jamoa mashg'ulot o'tkazib bo'lganidan so'ng yakka tartibda shug'ullanasizmi? Jarima to'plari ustida ishlaysizmi?
Bikmaev: - Albatta, shug'ullanaman. Lekin jarima zarbalarini berish ustida unchalik ishlamayman. CHunki safimizda mendan yaxshi tepadiganlari etarlicha topiladi. SHuning uchun ham mashg'ulotdan so'ng ko'proq etiborni kuchga qarataman.

Muxlis savoli: - Hujumchi bo'lishingizga qaramay, terma jamoada 32ta o'yinda maydonga tushib, atigi ikkita gol urgansiz. Bu nima bilan bog'liq?
Bikmaev: - Yaxshi bilasiz, men terma jamoada ko'pincha chap qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynaganman. Qosimov qo'li ostida ham, qolaversa "Alaniya"da ham. Umuman, oldingi hamma klublarda. Faqat Vadim Abramov meni hujumchi sifatida ko'radi va hujumga qo'yadi. O'ylashimcha, terma jamoada ko'p gol urmaganim shu bilan bog'liq bo'lsa kerak.

Muxlis savoli: - Oilangiz haqida gapirib bersangiz? Nechta farzandingiz bor? Oilangizda sizdan boshqa sportchilar bormi?
Bikmaev: - Ikki nafar farzandim bor: bir qiz, bir o'g'il. Endi sportchilarga keladigan bo'lsak, dadam ham o'z vaqtida futbol o'ynagan va meni ham futbolga kirib kelishimga eng asosiy sababchi bo'lganlar. Oilamizdan birinchi mendan o'n yosh katta akam futbolga borgan. Ammo kunlarning birida akam oyoq kiyimini yo'qotib kelgan va buning uchun dadamdan gap eshitgan. SHu-shu boshqa futbolga bormay qo'ygan. Oradan vaqt o'tib dadam meni CHig'atoydagi futbol maktabiga berganlar. Dadam futbolning ashaddiy ishqibozi. Jamoamiz qaerda o'ynasa, o'sha yoqqa ketaveradilar.



Muxlis savoli: - Jarohat tufayli uzoq vaqt maydonda ko'rinmadingiz. O'zi aslida qanday jarohat bo'lgandi?
Bikmaev: - Tizzamdan jarohat oluvdim va operaciyadan so'ng olti oy to'p tepmasligimga to'g'ri keldi. Birinchi marta jarohat olganimdan so'ng maydonga qaytib endi o'ynay boshlagandim, yana jarohat oldim. Keyin yana tanaffus qilishimga to'g'ri keldi. Xullas uch marta operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldim.

Muxlis savoli: - Futbolga endi kirib kelgan paytda ruhiy tushkunlikka tushib, futbolni tashlab ketmoqchi bo'lganmisiz?
Bikmaev: - SHunaqa holatlar ham bo'lgan. Ko'p qiyinchiliklarni boshdan kechirganman. Lekin har doim sabr qilib kelganman. Bunaqa o'y ayniqsa jarohat olgan paytingizda xayolga kelaveradi. Lekin maydonga qaytgandan so'ng hammasi o'tib ketadi. Agar oilam va o'rtoqlarim qo'llab-quvvatlamaganida futbolni tashlab yuborishim hech gap emasdi.

Muxlis savoli: - Yoshlikda hech mendan futbolchi chiqmasa kerak degan fikrga borganmisiz?
Bikmaev: - Yo'q, chunki yaxshi o'ynab keta olishimga har doim ishonganman. Bunaqa xayol miyamga umuman kelmagan. O'zimga o'zim mendan ham yaxshi futbolchi chiqadi deb doim aytib kelganman.

Muxlis savoli: - Faoliyatingizda alohida ajratib ko'rsatsa bo'ladigan uchta gol qaysi?
Bikmaev: - Birinchisi, bu OCHLda "Zob Axan"ga urganman. O'shanda Koshelevning zarbasidan so'ng to'p kiritganman. "Aktobe" tarkibida "Dinamo" Kutaisiga uzoqdan zarba berib gol muallifi bo'lganman. O'sha o'yinni 1:0 hisobida yutgandik. "Spartak" Nalchikda esa burchak to'pidan to'g'ri "Saturn" darvozasiga gol urganman. Mana shu gollar esimda qolgan.

Muxlis savoli: - Hujumda kim bilan o'ynash sizga osonroq?
Bikmaev: - Sanjar SHoahmedov bilan bir-birimizni yaxshi tushunib harakat qilyapmiz. Sanjar to'pni olishi bilan oldinga qaraydi va birinchi navbatda meni qidiradi. SHu bois menga u bilan o'ynash yoqyapti.

Muxlis savoli: - Futbolchilarning chekish va ichishiga qanday qaraysiz?
Bikmaev: - Endi hayotda hammaning o'z tanlagan yo'li bo'ladi. SHu bois boshqalar haqida fikr bildira olmayman. Men faqat o'zim haqimda gapirishim mumkin, umuman ichmayman va chekmayman. Doim qatiy tartibga amal qilaman.



Muxlis savoli: - Hech "yulduzlik kasaliga" chalinganmisiz?
Bikmaev: - Yo'q. Men doim etiborimni futbolga qaratganman. O'zimni hech qachon osmonda his qilmaganman.

Muxlis savoli: - Oliy liga yulduzlari Sardor Rashidov bilan Jamshid Iskanderovning o'yiniga qanday baho berasiz?
Bikmaev: - Oliy liga yulduzlari? Bu ikki futbolchi hali yosh va mehnat qilishda davom etsa kelajakda yaxshi futbolchi bo'lib etishadi. Ularga omad tilayman.

Muxlis savoli: - Marat, siz Rossiya va Qozog'istonda to'p tepgansiz. Ularning o'yinchilari baquvvat ko'rinadi. Ular trenajyor zalida alohida ishlashadimi? Bu narsa "Lokomotiv"da ham yo'lga qo'yilganmi?
Bikmaev: - "Lokomotiv" bazasida trenajyor zali bor. Ko'p narsa murabbiylarga bog'liq. Kimdir futbolchilarni trenajyor zaliga olib boradi, kimdir faqat maydonda shug'ullantiradi. O'zim haqimda gapiradigan bo'lsa, trenajyor zali mening ikkinchi uyim bo'lib qolgan va ko'p vaqtimni shu erda o'tkazaman.

Etiboringiz uchun rahmat!
"Lokomotiv" futbol klubi matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика